Информация о книге:
Аннотация:
Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel» mukofoti sovrindori Ernest Hemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. «Chol va dengiz» qissasida insonning ulug'ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qaroridan og'ishmaslik o'zgacha talqinda aks etgan. «Alvido, qirol» romanida esa qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari, urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o'ylashga, tinchlikning qadriga etishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.