Информация о книге:
Аннотация:
Zamonaviy matematika fanida bu fanga ixtisoslashgan amaliy dasturiy vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega, chunki bunday dasturiy vositalar matematika faniga oid masalalarni tezkorlik bilan va aniq yechishga hamda ularning ma'no-mohiyatini to'liq tushunishga imkon beradi. Ushbu o'quv fanini o'qitishdan maqsad – har bir bo'lajak mutaxassislarning o'z kasbiy sohalariida qo'llashi zarur bo'lgan amaliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi zamonaviy bilimlarga ega bo'lishlari va ulardan samarali foydalanishlari uchun mos bo'lgan ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. O'quvchi-talabalar va magistrantlarga bag'ishlangan ushbu testlar to'plamidan yuqorida sanalgan amaliy dasturiy tizimlarni o'rganish va pedagogik jarayonlarda qo'llashni tushuntirishni o'z tarkibiga olgan boshqa fanlarda ham qo'shimcha adabiyot sifatida foydalanish mumkin.