Информация о книге:
Аннотация:
Mazkur qo'llanma iqtisodiyotni nazariy jihatdan o'rganishda jahon tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiy kategoriyalar, bozor iqtisodiyotining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini o'zlashtirishni yengillashtirish, fanning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish maqsadida tayyorlangan. Qo'llanmada iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar, yetakchi nazariy maktablar, yo'nalishlar va ularning namoyandalari fikrlari, konsepsiyalari hisobga olingan. Unda iqtisodiyot nazariyasi fanining o'quv dasturda o'rganish ko'zda tutilgan barcha mavzulari qamrab olingan. Qo'llanma mantiqan bir-biri bilan bog'langan ikki qismdan iborat bo'lib, unda iqtisodiyotning umumiy asoslari va bozor iqtisodiyotiga oid ko'rgazmali va tarqatma materiallar berilgan. Qo'llanmani tayyorlashda Respublika Prezidenti I.A.Кarimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlardan hamda mamlakat iqtisodiy hayotiga tegishli rasmiy statistik ma'lumotlardan o'z o'rnida foydalanilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtining barcha yo'nalishdagi bakalavrlari va iqtisodiyot nazariyasi fanidan dars beruvchi o'qituvchilarga mo'ljallangan. Shu bilan birga undan magistratura talabalari, tadqiqotchilar va hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muammolarini o'rganishga qiziquvchi kitobxonlar foydalanishi mumkin.