Информация о книге:
Аннотация:
Mustaqillik yillari, taqdir taqozosi bilan chet ellarda yashagan ajdodlarimizning hayoti, ijodi va faoliyatining ilmiy jihatdan yoritilishida, tom ma'noda, muhim bir davr bo'ldi desak, mubolag'a emas. Binobarin, boburiylar tarixi yuzasidan amalga oshirilgan barcha ishlar ham shular jumlasidandir. Ayni shu sa'y-harakatlarning mantiqiy davomi bo'lgan monografiya, mazkur sulolaning ijtimoiy-siyosiy hayoti, diniy-ma'rifiy qadriyatlari, madaniyati, adabiyoti hamda san'ati kabi mavzularning yaxlit ilmiy tahlili va tadqiqiga bag'ishlangan.