Semurg‘
Bir qari ovchining uch o‘g‘li bo‘lgan ekan. Ovchi bolalarini ovchilik hunariga o‘rgatibdi. Kunlarning birida uch o‘g‘il o‘rmonga ovga chiqishibdi. Kechga yaqin kattasi ovqat qilishga urinibdi. O‘rtancha va kichik ukasi dam olib, uxlab qolishibdi. Katta aka ovqat endi pishay deb turganda, uyqu elitib uxlab qolibdi. Yarim kechada bir Yalmog‘iz kampir kelib qozondagi ovqatni yeb-ichib, qozonni to‘ntarib ketibdi. Ertalab o‘rinlaridan tursalar qozon to‘ntarilgan, ovqat yo‘q emish. Aka-ukalar ovqatni kim yeganini bilmay hayron bo‘lishibdi. Ikkinchi kun o‘rtanchasi ovqat qilibdi, unda ham shu ahvol ro‘y beribdi. Uchinchi kuni eng kichigi – Kenja botir ovqat qilibdi.
Uni-da mudroq bosgan ekan, jimjilog‘ini qonatib, tuz sepibdi. Og‘rig‘idan uxlayolmay turganida Yalmog‘iz kampirning sharpasi ko‘rinibdi. U o‘zini panaga olibdi. Yalmog‘iz qozondagi ovqatni yemoqchi bo‘lib turganda, Kenja botir panadan chiqib kampirning boshini shartta kesib tashlabdi. Qarasa tanasi bir yoqda qolib, kallasi dumalab ketayotgan emish. Kenja botir kalla ketidan quvlab ketibdi. Kalla dumalab-dumalab bir g‘orga tushib ketibdi.
U hayron bo‘lib qolibdi, o‘sha joyni belgilabdi-da, kelib akalarini uyg‘otibdi. Ovqatlanishayotganda tunda bo‘lgan voqeani ularga so‘zlab beribdi. Ular xursand bo‘lib ovqat yeyishibdi-da, so‘ngra kalla tushib ketgan g‘or og‘ziga kelishibdi. Akalari qorong‘i g‘orga tushishdan qo‘rqishibdi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «ЛитРес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.