Odil Abdurahmon

Belanchak


Скачать книгу

elanchak

      O'ZBEK ELIM

      BUYUK TEMUR

      Ona tuproq g‘aladonida

      Uxlaydi sokin.

      Buyuk Temur kimning qonida

      Tirikday lekin.

      Ulug‘bekni olib yoniga,

      Bir o‘yga tolgan.

      Osmonlarga tikilgancha

      Yulduzday qolgan.

      DO‘PPI

      Do‘ppi kiygan bobo dehqon,

      Parvarishlab paxta-yu, don.

      Bog‘lab doim mahkam belni,

      Kiyintirib boqar elni.

      TINCHLIK BO‘LSIN

      Bulutlarning qatida,

      Oymomoni xatida:

      Tinchlik bo‘lsin, deptilar.

      Chaqmoq otni qamchilab,

      Yerga yomg‘ir tomchilab:

      Tinchlik bo‘lsin, deptilar.

      Qushlar qaytib kelarkan,

      Qo‘shiq aytib kelarkan:

      Tinchlik bo‘lsin, deptilar.

      Beshikdagi buvaklar,

      Chuldirarkan buvaklar:

      Tinchlik bo‘lsin, deptilar.

      O‘ZBEK ELIM

      O‘zbek elim,

      Bek elim.

      Senga nasib

      Erk elim.

      Peshonangga

      Nur tegib,

      Kamol topding

      Baxt emib.

      Bobom Temur

      Suygan xalq,

      Dunyo uzra

      yayrab balq.

      O‘zbek elim

      Bek elim,

      Senga nasib

      Erk elim.

      ONA HAQIDA AFSONA

      O‘tsa ham ko‘p zamona,

      Saqlanar shu afsona:

      Onaga baxsh etib jon,

      Yasharkan bir saxiy xon.

      Ona hurmati uchun,

      Sarf etsa-da bor kuchin.

      G‘amlar yana kun va tun,

      Uyqu bermas sira jo‘n.

      Iloj topmay yurtda xon,

      Chiqaribdi bir farmon:

      Kim onani injitsa,

      Oz bo‘lsada ranjitsa,

      Bu hayotdan yosh ketar,

      Farmonim shu bosh ketar!

      Yana xayol etib band,

      Chaqirtirgan donishmand.

      So‘zla to‘g‘ri sen donish,

      O‘ragan meni tashvish.

      Yuzga kirgan onam bor,

      Tetik yurgan onam bor.

      Etmayin qancha hurmat,

      Ko‘nglim to‘lmaydi faqat.

      Onam tushmas tushimdan,

      Ayrilyapman hushimdan…

      Meni g‘amdan xalos et,

      Istaganing olib ket.

      Donish debdi: Ulug‘ xon,

      Istaging menga ayon.

      Ona suti bo‘lmish qarz,

      Oqlamoqlik albat farz.

      So‘zim tingla, bir yurt bor,

      Bir vaqtda to‘rt fasl yor.

      Umrga baxt aritmas,

      O‘tsa ham yil qaritmas.

      Maslahatim qabul et,

      Unga onang olib ket.

      Yo‘li olis oylik yo‘l,

      To‘lib ketdi demay dil,

      Va qaytarib olib kel,

      Ham qiynalib tolib kel.

      O‘sha kuni saxiy xon,

      Bir umrga qiynab jon.

      Rozi bo‘lsin deb ona,

      Yo‘lga bo‘pti ravona.

      Donish so‘zi emish haq:

      Mana bog‘-rog‘, jannat naq.

      To‘rt tomoni to‘rt fasl,

      Go‘zallikda muttasil.

      Onasiga saxiy xon,

      Olib borayin qayon?

      Aylaning ruxsat depti,

      Onaga to‘lib quvonch,

      O‘g‘liga ortib ishonch,

      Bahorni ko‘rsat depti.

      Ona bog‘ni kezarkan,

      O‘zin qizday sezarkan,

      Yoshlik yana qaytibdi,

      Hatto qo‘shiq aytibdi.

      O‘tganda yoz bog‘iga,

      Qaytdi juvon chog‘iga.

      O‘tganda kuz fasliga,

      Qaytishdi o‘z asliga.

      Ona so‘zlar orzumand:

      O‘g‘lim ming-ming roziman.

      Roziligim qabul et,

      Endi yurtga olib ket.

      Onani ko‘tarib xon,

      Yo‘lga bo‘lipti ravon.

      Xon kelib yurt kezibdi,

      Qiziq holni sezibdi.

      So‘rasa fuqarodan,

      Yuz yil o‘tgan oradan.

      Xon haqida har xona,

      To‘qiganmish afsona.

      Yashasang ham bo‘lib xon,

      Onaga baxsh etib jon.

      O‘tsa ham ko‘p zamona,

      Saqlanar shu afsona.

      MUALLIM – USTOZIM

      Yuragimga yaqin bo‘lgan,

      Gap so‘zlari chaqin bo‘lgan,

      Olimga ham aql bo‘lgan,

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «ЛитРес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

/9j/4AAQSkZJRgABAQEASABIAAD/2wBDAAMCAgMCAgMDAwMEAwMEBQgFBQQEBQoHBwYIDAoMDAsKCwsNDhIQDQ4RDgsLEBYQERMUFRUVDA8XGBYUGBIUFRT/2wBDAQMEBAUEBQkFBQkUDQsNFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBT/wgARCAeoBXgDAREAAhEBAxEB/