Abdulaziz Asqaraliyev

Ilhom kelganida


Скачать книгу

momolar duosin olgin

      Sen agar davlatni topmoq istasang

      Halol bo’l, pok bo’lgin, bo’lmagin nokas.

      Bejizga aytmagan yoshi ulug’lar,

      Bo’linganni bo’ri yer degan donolar.

      Akalar, ukalar, opa-singillar,

      Ahir bo’l inoq bo’l jon qarindoshlar.

      Buvijon

      Buvijonim siz mening,

      Mehribonim siz mening.

      Yaxshilikga undovchi,

      Duoguyim siz mening.

      Har gal kelganimda men,

      Peshonamdan o’pasiz.

      «Odobli bo’l, bolam» – deb,

      Nasihatlar qilasiz.

      Baxtimizga doimo

      Sog’ bo’ling, omon bo’ling.

      Bobom bilan bizga siz,

      Doim bizga bosh bo’ling.

      Bobojon

      Yomon so’zdan yiroqdirlar,

      Mening mehribon bobom,

      Yaxshilikga undaydilar,

      Mening mehribon bobom.

      Yaxshilikni o’rgatganlar,

      Yomonlikni o’qitganlar.

      Oilamizga ustundirlar,

      Mening mehribon bobom.

      Doim yaxshilik tomon,

      Yo’rganlar doim har on.

      Yaxshilikdan qaytishman,

      Yomon yo’ldan yashirmas.

      Ona yurt

      Ey, mehribon ona yurt!

      Sen bo’lding bizga o’rnak.

      Chunki sening mehring,

      Bo’lgaymiz biz, dovyurak.

      Biz sening bolalaring,

      Aqlli va donomiz.

      Bo’lamiz senga sodiq,

      Bunga va’da beramiz.

      Dunyoda bor o’rnimiz

      Chunki bizlar donomiz,

      Chunki o’zbek bayrog’in

      Ko’klarga ko’targanmiz.

      Onalar

      Dunyodagi baxtlilar

      Albat onasi borlar.

      Chunki ular dunyoda

      Mehrli va zo’r zotlar.

      Bizlarga mehr berar

      Faqat bizlarni o’ylar,

      Bolalar ham ta’kidlar

      Onalar eng zo’r zotlar.

      Bizlarni katta qilar

      Mehrini bizga berar

      Bolalar ham ta’kidlar

      Onalar eng zo’r zotlar.

      Yoshlik

      Yoshlik biz uchun do’stim,

      Bebaxo bir vaqt ekan

      Uning har bir soati

      Biz uchun muhim ekan.

      Yoshlikda biz do’stlarim

      Foydalanib olaylik.

      Ustozardan vaqtida

      Ilimni zo’r olaylik.

      Yoshlikda olingan bilim

      Toshga o’yilgan bezak

      Shu naqlni do’stginam

      Quloqga olish kerak.

      Kelajakda biz do’stim

      Yurtga xizmat qilaylik

      O’zbekiston zaminga

      Sodiq farzand bo’laylik.

      Vatan qalqonlari

      Vatanimiz qalqonlarin

      Albat hurmat qilamiz,

      Chunki ular vatanimiz

      Qo’riqlaydi har soat.

      Ularni deb biz har kuni

      Ko’chada tinch yuramiz

      Shuning uchun doimo

      Vatanimiz tinch bo’lsin

      Vatanimiz qalqonlari

      Doim tinch omon yursin!

      O’zbekiston

      O’zbekiston vatanimiz

      Bizning so’lim chamanimiz

      Yetishgan mashxur zotlar

      Shoir va qaxramonlar.

      Masalan, Temur bobom

      Yurtimiz qadrlashgan

      Yovlardan yurtni asrab

      Ko’p yomonlar qirishgan.

      Navoiy bobom har kun

      Ko’p g’azallar yozishgan.

      Temur bobomga o’xshab

      Yurtimiz qadrlashgan.

      Lekin ba’zi odamlar

      Qadrlamas yurtini,

      Bu nodon insonlarni

      Yomon ko’ramiz albat.

      Shuning uchun Vatanimiz

      Qadrlaylik har soat,

      Shuning uchun O’zbekiston

      Bizlarga aziz albat.

      Bo’ladigan bolalar

      Bo’ladigan bolalar

      Boshidan ma’lum bo’lar

      Beodob, yomon bola

      So’zidan ma’lum bular.

      Yaxshi bola doimo

      Kattalar hurmat qilar,

      Salomini ayamay

      Yaxshiliklar qilarlar.

      Yomon bolalar esa,

      Do’stlarin mazah qilar,

      Kattaga salom bermay,

      Nodon bola bo’larlar.

      Shuning uchun doimo

      Yaxshi inson bo’laylik

      Kattalar hurmat qilib

      O’qimishli bo’laylik.

      Fasllar

      Bizning yurtimizda

      Bordir to’rt fasl,

      Bir yilda doimo

      Kelar ketma-ket.

      Masalan, bahorda

      Ko’p kunlar iliq

      Lekin ba’zi kunlarda

      Yog’adi yomg’ir

      Yozda esa doim

      Issiqdir kunlar

      Ko’p odamlar issiqdan

      Muzqaymoq yeyishar

      Kuz faslida doimo

      Sovuqroq kunlar.

      Lekin ko’p kunlarda

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст