deydi.
PASHSHA
Pashsha g‘uv-g‘uv etadi,
Iflos joyga o‘tadi.
Iflos joydan kir olib,
Yuz-qo‘liga surtadi.
Hamma joyni toza tut,
Pashsha tuxumin qurit.
Axlatlarni tashlamay,
Erinchoqlikni unut.
OLAPAR
Juda-juda yoqimtoy
Kuchugim bor Olapar.
Hovlida kutib meni,
Erkalaydi har safar.
Likillatib dumini,
Qulog‘ini, burnini.
Har xil qiliq qiladi,
Buni o‘zi biladi.
Kechikib qolsam goho,
Yo‘lim poylaydi tanho.
Udir menga vafodor,
Shu sabab men baxtiyor.
FIL YIG‘LADI
– Fil ham yig‘laydimi, otajon?
So‘rab qoldi qizim Guljahon.
– Qizim, nega unday deysan sen?
So‘roq qildim bo‘lib men hayron.
– Men ko‘rdim hayvonot bog‘ida,
Filni yig‘lab turgan chog‘ida.
– Balki sog‘ingandir otasin,
Sog‘ingandir balki onasin.
– Eh, tezroq kelishsin ishqilib,
Kasal bo‘lib yotib qolmasin.
BOBOM EKKAN OLMALAR
Bobom ekkan olmalar
Oy nurida tovlanar.
Terib keldi bir savat,
Oldik navbatma-navbat.
Maza qilib yedik biz,
So‘ngra rahmat dedik biz.
Qoyil qoldik barchamiz,
Yetishtirgan oltin kuz.
Bog‘bon otamga rahmat,
Siz ham keling, marhamat.
Ochiq doim dasturxon,
Sizni qilaman mehmon.
SHAFTOLI
Shaftolijon, shaftoli,
Shaftolingdan beraqol.
Maza qilib yeyman men,
So‘ngra rahmat, deyman men.
Shaftoli egib shoxin,
Mana, olaqol deydi.
Terib oldim bir etak,
Axir ukam ham yeydi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «ЛитРес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.