quyrug‘idan tumshug‘iga yetib kelaman degunicha u qirg‘oqdan ancha uzoqlashib, oqimga qo‘shilib suzib ketibdi.
Qattiq qo‘rqib ketgan Gerda qichqirib yig‘lashga tushibdi, biroq uni qarg‘alardan boshqa hech kim eshitmabdi. Qarg‘alar esa uni quruqlikka olib chiqa olmaydilar-ku, shuning uchun uning ortidan qirg‘oq bo‘ylab uchganlaricha, go‘yo qizchaga taskin bermoqchi bo‘lgandek:
– Biz bor-rmiz! Biz bor-rmiz! – deya qag‘illashibdi.
Qayiq tobora uzoqlashib ketaveribdi. Gerda oyoqlarida paypog‘i bilan qotganicha o‘tiraveribdi: uning qizil boshmoqchalari kema ortidan oqib kelar, biroq unga sira yeta olmas ekan.
“Ehtimol, daryo meni Kayning yoniga boshlab borar?” – deb o‘ylabdi Gerda va xursandligidan o‘rnidan turib ketib, chiroyli yam-yashil qirg‘oqlarga uzoq-uzoq suqlanib boqibdi.
Nogoh u kattakon olchazor bog‘ga suzib kelibdi, unda tomi poxoldan qilingan, derazalariga qizil va ko‘k oynalar o‘rnatilgan bir uycha bor ekan. Eshik oldida ikki yog‘och askar turgan bo‘lib, ular shu yaqindan suzib o‘tadigan barchaga askarchasiga salom berishar ekan. Gerda askarlarni tirik deb o‘ylab, ularga qarab qichqiribdi, ammo, tabiiyki, ular javob berishmabdi. Qizcha ularga yanada yaqinroq suzib boribdi, qayiq shundoq qirg‘oqqa yetay deb qolibdi, qizcha esa yanada qattiqroq qichqiribdi. Uychadan ilgak hassa tutib olgan, ajoyib gullar chizilgan poxol shlyapali qurishib-burishib ketgan bir kampir chiqib kelibdi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.