qilishgan. Bu shundan dalolat beradiki, qadimgi yunon rassomlari hayotni bevosita о‘rganishga qiziqqanlar. Ular erkak gavdasini tasvirlaganda bо‘rtib chiquvchi muskullar tasviriga diqqat qaratishgan, sog‘lom ayol tasvirida chiroyli tana shaklini topishga intilishgan.
5-rasm. Qadimgi misrliklar tasvirlagan odam gavdasi nisbatlari.
Qadimgi yunon rassomlari Misr tasvirlash qonunlariga tayangan holda inson gavdasini chizishda ham nazariy, ham amaliy jihatdan oldinga chiqib olganlar. Ular inson gavdasini chizganda plastik, anatomik yechimni ilmiy asos deb qabul qilganlar. Yunon rassomlari chizayotgan narsalarini haqqoniy va aniq tasvirlashga erishish uchun naturani kuzatishga, anatomiyasi, muskullar sistemasi hamda tashqi ifodalariga jiddiy e’tibor qaratganlar.
Eramizdan avvalgi 432-yilda qadimgi Misr haykaltaroshi Poliklet inson tanasining qismlarga bо‘linish qonuniyatlari haqida risola yozgan. Mashhur haykaltarosh birinchi bо‘lib inson tanasining proporsional qismlarga bо‘linishi va tik holdagi gavdasining ichki harakatini ishlab chiqqan. Bu ming yillar davomida qotib qolgan inson tanasi о‘lchamlariga о‘zgarish yasagan hamda chizilgan tasvirlar hayotiy va aniq chiqishiga olib kelgan. Nazariy asar saqlanmaganligi sababli, qadimgi yozma manbalarga tayangan holda ba’zilar haykaltaroshning о‘lchov birligi sifatida qо‘l panjasi uzunligini, ba’zilar oyoq panjasi uzunligini, ma’lum bir tadqiqotchilar esa bosh balandligini taxmin qiladilar. O‘zining nazariy ishini yaratishda Poliklet «Dorifor» degan haykaldan foydalangan. Poliklet bu haykalida inson nisbatlarini quyidagicha taqsimlagan: yuz qismi – gavdaning о‘ndan biri, bosh bilan birgalikda gavdaning oltidan birini tashkil etgan. Uning bu ishi nafaqat rassomlar tayyorlash ishida, balki umumta’lim maktablarida kо‘chirish, о‘rganish uchun xizmat qilgan. Bu bо‘lajak rassomlarga inson tanasining anatomik tuzilishini о‘rganish bо‘yicha keng imkoniyatlar yaratgan.
Qadimgi Yunonistonda inson anatomiyasini о‘rganish borasida shuhrat qozongan yana bir rassom Polignotdir. U inson gavdasi harakati rangtasvirida yuz hayotiyligiga erishish borasida kо‘pgina ishlar qilgan. Obrazlar haqqoniyligi, gavdaning anatomik yechimini diqqat bilan о‘rganish, uning nisbatlari, shakl garmoniyasi va harakat aniqligiga erishish ushbu davr rassomi Apellesga xosdir. Yuqorida kо‘rsatilganlarni о‘rganish rassom uchun inson tasvirini yaratish jarayonida haqqoniy о‘xshashlikka erishishga kо‘mak beradi. Bu haqqoniylikka erishish asosida rassomning inson qomati haqidagi chuqur bilimlari yotadi.
6-rasm. «Dorifor» haykali.
7 a, b-rasm. Inson qomati nisbatlari.
Qadimgi yunon san’ati namoyandalari haqida gapirsak, ularning plastik anatomiyani chuqur bilganligiga guvoh bо‘lamiz. Haykallarga diqqat bilan qarasak, har bir muskul joylashuvi, harakati xarakterlidir. Shu davr antik haykali «Laokoon»ni olsak, unda inson gavdasiga xos bо‘lmagan muskul zо‘riqishlari va harakat dinamikasini kо‘ramiz. Ushbu asar mualliflari haykaltaroshlar Agesandr, Polidor va Aleksandrlardir.
Qadimgi yunon rassomlari plastik anatomiya haqidagi bilimlarini perspektiva qoida-qonunlarini qо‘llagan holda mustahkamlaganlar.
O‘rta asrlar rassomlari, shu soha tadqiqotchilari ma’lumotiga kо‘ra, plastik anatomiya haqidagi bilimlarni boyitmaganlar va ularning inson tasviridagi ishlarida haqqoniylik nisbatlari buzilishi, tana tuzilishining anatomik qonuniyatlariga rioya qilmaslik kо‘zga tashlanadi.
Uyg‘onish davri – XV‒XVII asrlar fan va san’atning rivojlanish davri bо‘lib hisoblanadi. Bu davrda nisbatlar, perspektiva, anatomiya, rangshunoslik kabi ilmlar san’at nazariyasi va amaliyotchilari diqqat markazida turgan (7 a, b-rasm). Ular о‘zlarining nazariy va amaliy ishlarida optika, matematika va anatomiya kabi fanlarning yutuqlariga tayanganlar. Ushbu davr rassomlari anatomiya fanini chuqur о‘rganish maqsadida jasadlari o‘rganib, tajribalar o‘tkazib, bilimlarini mustahkamlaganlar.
8-rasm. Leonardo da Vinchi. Аvtoportret.
XV asr rassom va haykaltaroshi Lorensto Giberti (1381‒1455) «Gippokrat, Abu Ali ibn Sino yoki Galenday vrach bо‘lish shart emas, lekin ularning anatomiya haqidagi bilimlari bilan tanishish shart, inson tanasidagi har bir suyak, har bir muskul va tomirni bilish shart» deb ta’kidlagan edi.
Plastik anatomiya bо‘yicha birinchi katta tadqiqotchi – italyan rassomi va haykaltaroshi Antonio da Sangallo hisoblanadi (1424‒1498).
Florensiyalik rassom va haykaltarosh, mashhur Leonardo da Vinchining birinchi ustozi – Andrey Verrokkio (1435‒1488) ham inson tanasini mukammal bilish uchun marhumlarni о‘rgangan.
Plastik anatomiya bо‘yicha Leonardo da Vinchi (1452‒1519) juda katta yutuqlarga erishgan.
9-rasm. Qadimgi davrlarda ishlangan bolalar va о‘smirlar gavda nisbatlari.
10-rasm. Leonardo da Vinchi. Qadimgilar kvadrati.
Leonardo da Vinchi rang-tasvir va haykaltaroshlik bilan chegaralanib qolmay, matematika, mexanika, anatomiya va boshqa bir qator fanlar bilan ham shugullangan.
Rassom inson tanasini о‘rganish bо‘yicha juda kо‘p izlanishlar olib borgan. Uning 779 ta rasmlari orasida kо‘plab anatomiya rasmlari о‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bunda eng asosiysi tasvirning yaqqol kо‘rinishidir. Musavvir tananing har bir qismi, har bir muskulini turli tomondan tasvirlagan. Buning natijasida skelet, qо‘l, oyoq suyaklari, muskullar, umuman olganda, tananing har bir qismi yaqqol his qilinadi (10 rasm).
Leonardo da Vinchi anatomiya sohasida amalga oshirgan izlanishlarning о‘ziga xos ikkinchi xususiyati odam anatomiyasini о‘rganishda ma’lum ketma-ketlikka rioya etganligidir. Rassom inson tanasi, plastikani о‘rganishda ishni avvalo skeletni о‘rganishdan boshlaydi va har bir suyakni alohida hamda yuqorida ta’kidlaganimizdek, ularni turli tomondan chizadi. Sо‘ng ushbu suyaklarni alohida skeletga yig‘adi va unga muskullarni chizadi.
Rassomning anatomiyani о‘rganishdagi uchinchi о‘ziga xos yо‘li shundaki, u dastlab tananing plastik shaklini ilmiy tomondan tushuntiradi. U ayniqsa, о‘z diqqatini tananing harakatlanishiga qaratadi. Leonardo da Vinchining о‘ziga xos metodlaridan yana biri muskullarni о‘rganishdir. Bunda u muskullarning funksional-anatomik belgilarini о‘rganadi, katta muskullarni kichik, alohida qismlarga ajratadi. Ishlarni bajarish jarayonida tananing plastik xarakterini hisobga olgan holda о‘z rasmlarida muskullarni qatlam-qatlam qilib birin-ketin joylashtiradiki, buni tana shaklini ketma-ketlikda kо‘rish deyish mumkin.
Rassom inson muskullarini birinchi bо‘lib tasnif (klassifikatsiya) qiladi. U bunda muskullarning tashqi kо‘rinishini, kattaligi, shakl va skeletga birikishini hisobga oladi.
Rassom plastik anatomiyani chuqur о‘rgana borish orqali inson gavdasi mutanosib qismlarga bо‘linishini, umuman olganda, garmoniyani bilishga intiladi. Izlanishlar, tarixiy manbalarni о‘rganish asosida u о‘zining inson gavdasi qonunlari «Qadimgilar kvadrati» yaratadi. Leonardo da Vinchi inson gavdasini aylana ichiga joylashtiradi. Aylana ichidagi gavdada oyoqlar kerilgan, qо‘llar yon tomonga chо‘zilgan, aylana markazi kindikka tо‘g‘ri keladi. Agar aylana ichiga oltiburchakni joylashtirsak va ikkita diametr – biri vertikal, biri gorizontal yо‘nalishda о‘tkazsak, bunda ikkinchi diametr markazida kindik turadi, birinchi diametr esa gavdani teng ikki simmetrik qismga bо‘ladi. Qо‘l va oyoqlarning uchlari oltiburchakning ikki yuqoridagi va ikki pastdagi burchaklarida joylashadi. Bu yerda gavda о‘lchami uchun bosh qismi tanlanib, u gavdaga 8 marta joylashadi (10 a-rasm).
10(a)-rasm. Leonardo da Vinchi. Qadimgilar kvadrati.
Odam anatomiyasini о‘rganishda uyg‘onish davri rassomhaykaltaroshi Mikelanjelo Buonarotti (1475‒1564)ning xizmatlari kattadir. Manbalarda yozilishicha, u anatomiya professori