Ю. Иргашев

Геология ва геоморфология


Скачать книгу

vaqtda xaritada faqat yer yuzida yotgan yosh qatlamgina ko‘rsatiladi. Maydon jarliklar yoki daryo vodiylari bilan kesilgan bo‘lsa, ularning devori va tubidagi ochilmalarda qadimgi qatlamlarning yer yuzasiga chiqib qolganini ko‘ramiz. Ochilmalarning yuqori qismida asosan yosh, pastki qismida esa qadimiy qatlamlar joylashgan bo‘ladi (5.3-rasm, b). Qatlamlar qalinligi kam bo‘lib, ularning yer yuzasiga chiqqan qismi ko‘p bo‘lsa, xaritada ularni tasvirlaydigan ranglar ham xilma-xil bo‘ladi.

      Qatlamlarning yer yuzasiga chiqib qolgan qismi ularning qalinligini to‘laligicha ifodalay olmaydi. Tik yonbag‘irliklarda ko‘rinib turgan qatlam qalinligi haqiqiy qalinlikka yaqin bo‘lsa, qiya yonbag‘irliklarda haqiqiysidan anchagina ko‘p ko‘rinishi mumkin (5.4- rasm).

      5.3-rasm. Qatlamlarning gorizontal yotishini tasvirlaydigan geologik xarita:

      a) – geologik xarita; b) – AV va VG chiziqlari bo‘yicha kesma; 1 – ohaktosh; 2 – gil tuproq; 3 – qum; 4 – mergel.

      5.4-rasm. Gorizontal holatda yotgan jinslarning yer yuziga chiqqan qismi kengligining relyefga bog‘liqligi.

      Monoklinal yotgan jinslarni tasvirlash. Yer yuzasiga nisbatan bir tomonga ma’lum bir burchak ostida qiya holda yotgan qatlamlar monoklinal qatlamlar deb ataladi. Geologik xaritalarda bunday qatlamlar uzunchoq (yo‘l-yo‘l) ko‘rinishda tasvirlanadi. Relyefning pastki tomoniga qarab qatlamlar yoshi kamayib boradi (5.5- rasm). a)

      5.5-rasm. Qatlamlarning monoklinal yotishini tasvirlaydigan geologik xarita:

      a) geologik xarita; b) AB chiziq bo‘yicha kesma; 1 – shag‘al aralashgan qum; 2 – qum; 3 – lyoss; 4 – alevrolit; 5 – qumtosh; 6 – gips; 7 – gil tuproq; 8 – ohaktosh; 9 – bo‘r.

      Qiya holda yotgan qatlamlar chegarasi bilan gorizontal chiziqlar nisbati har xil bo‘lib, u qatlamlarning yotish burchagi va relyefning xarakteriga bog‘liq. Yer yuzasining past-balandlikdan iborat joylarida qatlamlar yer betiga chiqib, 100 dan 800 gacha burchak ostida qiya bo‘lib joylashsa, juda ham murakkab ko‘rinishdagi relyef hosil bo‘ladi.

      Qiya holda joylashgan qatlamlar normal yoki to‘nkarilgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Normal holatdagisida yosh qatlamlar qadimgilarining ustida stratigrafik mos holda joylashgan, to‘nkarilganlarida esa buning aksi bo‘ladi (5.6-rasm).

      Geologik xaritalarda qatlamlarning yotish elementlarini shartli belgilar yordamida tasvirlash usuli 5.7- rasmda ko‘rsatilgan.

      5.6-rasm. Normal (a) va to‘nkarilgan (b) holda yotgan qatlamlar.

      5.7-rasm. Qatlamlarning yotish elementlarini shartli belgilar yordamida tasvirlash (sonlar yotish burchagi qiymatini ko‘rsatadi): a) gorizontal yotish; b) normal qiya holda yotish; d) to‘nkarilib qiya holda yotish; e) vertikal yotish.

      Burmalar hosil qilib yotgan jinslarni tasvirlash. Burmali strukturalar hosil bo‘lishi geosinklinal oblastlar uchun ahamiyatlidir. Qatlamlarning burma (bukilma) holda yotishi xaritalarda turli qalinlikdagi chiziqlar bilan tasvirlanadi (5.8-rasm). Burmalarda quyidagi: qanot, qulf, sharnir, burma o‘qi tekisligi, burma o‘qi, burma burchagi va boshqa elementlar bo‘ladi (5.9-rasm). Burma elementlari ta’rifi 6.2- bandda berilgan.

      5.8-rasm. Qatlamlarning burmalar hosil qilib yotishini tasvirlaydigan geologik xarita.

      5.9-rasm. Burma elementlari:

      1 – 2, 3 – 4, 5 – 6 va 7 – 8 burma qulfi; 2 – 3; 4 – 5 va 6 – 7 burma qanotlari; α – burma burchagi.

      Burma o‘qi tekisligiga nisbatan qanotlar bir xil burchak ostida yotsa simmetrik (5.10- rasm, a), har xil burchak ostida yotsa, asimmetrik (5.10- rasm, b) burmalar paydo bo‘ladi. Burmalar qulf shakliga qarab tik, yotiq va sandiqsimon turlarga bo‘linadi (5.11-rasm). Agar qanotlar tik bo‘lib, ular orasidagi burchak 90° dan kichik bo‘lsa, tik burmalar (5.11- rasm, a), burchak 90° dan katta bo‘lsa yotiq burmalar (5.11- rasm, b), keng va tekisroq gumbazli bo‘lsa sandiqsimon (5.11- rasm, d) burmalar hosil bo‘ladi.

      5.10-rasm. Simmetrik (a) va asimmetrik (b) burmalar.

      5.11-rasm. Burmalarning qulf shakliga qarab bo‘linishi (kesmada): a – tik; b – yotiq; d – sandiqsimon burma.

      Burmalar o‘z shakliga ko‘ra antiklinal va sinklinal turlarga bo‘linadi. Antiklinal va sinklinal burmalar doimo bir-biriga tutashgan bo‘lib, ko‘rinishidan dengiz to‘lqiniga o‘xshaydi va uzluksiz tuzilgan bo‘ladi. Antiklinalning o‘zagi (yadro) nisbatan qadimiy jinslardan, qanotlari esa yosh jinslardan, sinklinalda esa yadro yosh, qanotlar qadimiy jinslardan tashkil topadi.

      Masalan, 5.8-rasmdagi xaritada sinklinal yadrosida paleogen davri ohaktoshlari uchrasa, uning qanotlarida quyi va yuqori bo‘r davrlarining qumtoshlari uchraydi. Antiklinal yadrosi esa qadimiy – quyi yura yoshiga oid qumtoshlaridan tuzilgan (q. 5.8- rasm, b).

      Qatlamlarning uzilib yotish holatlarini xaritada tasvirlash. Yerning ichki kuchlari ta’sirida vertikal (radial) va gorizontal harakatlar tufayli yaxlit qatlamlar va burmalar uziladi, ularda yoriqlar paydo bo‘ladi. Ba’zan yoriqlar juda chuqur va keng bo‘ladi. Burmalar va qatlamlarning ana shunday o‘zgarishi uzilmali dislokatsiya deyiladi. Uzilmali dislokatsiyalar qatlamlarning yer yuziga chiqib qolgan qismini geologik xaritalarda tasvirlashni murakkablashtiradi. Uzilmali dislokatsiyalarga tashlama-uzilma (sbros), ko‘tarilma-uzilma (vzbros), surilma (nadvig), siljima (sdvig), graben, gorst va boshqalar kiradi.

      Xaritalarda uzilmali dislokatsiyalar qizil rangli chiziq bilan tasvirlanib, qatlamlarning siljish amplitudasi va turi ko‘rsatiladi (5.12- rasm). Uzilma qanotlarining siljish yo‘nalishini aniqlash uchun yer yuzasidagi uzilma chizig‘i bo‘ylab siljigan qatlamlar yoshi bir-biriga solishtirib ko‘riladi. Pastga qarab siljigan (cho‘kkan) qatlam ustida doimo yosh jinslar, yuqoriga ko‘tarilgan qismida esa qadimiy jinslar uchraydi.

      5.12-rasm. Tashlama-uzilma va uning siljish amplitudasini xaritada tasvirlash uchun shartli belgilar (qizil rangda chiziladi):

      1 – ishonchli tektonik chegara; 2 – taxminiy tektonik chegara; 3 – uzilma yoki teskari uzilma (chiziqdagi sonlar siljish amplitudasini va qiyaligini ko‘rsatadi); 4 – siljima.

      5.13- rasmda qalin chiziq bilan uzilma va strelka bilan uning yo‘nalishi ko‘rsatilgan. AB chiziq orqali chizilgan kesmaning chap tomonida qanotning uzilma bo‘yicha pastga cho‘kkanini va yoshroq toshko‘mir davri yotqiziqlardan tuzilganligini, o‘ng tomonida esa yuqoriga ko‘tarilgan yoshi kattaroq, qadimiy, quyi va o‘rta toshko‘mir davri yotqiziqlarini ko‘rish mumkin.

      5.13-rasm. Tashlama-uzilma qanotlarning nisbiy siljishini ularni hosil qilgan jinslar yoshiga qarab aniqlash (S.E.Mamin va b. bo‘yicha)

      5.3. Qatlamlarni geologik kesmada ifodalash

      Geologik xaritalarda tasvirlangan tog‘ jinslari va qatlamlarning yotish holatlari, tabaqalanishi, litologik tarkibining chuqurlik bo‘ylab o‘zgarishi hamda qurilish maydonining yuza sathi haqida to‘laroq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida geologik kesmalar chiziladi.

      Geologik kesmalar joylarning geologik tuzilishini to‘la xarakterlaydigan qilib tuziladi. Buning uchun maydonda qatlamlarning gorizontal va