Salim Madraximovich Otajonov

«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya


Скачать книгу

o’qituvchilarini zimmasiga tushadi. Rishtondagi kulolchilik yo’nalishidagi yosh tadbirkor  Baxromjon tajribasida misollar keltirilsa  asosli bo’ladi.

      Texnologiya fani o’qituvchisi o’quvchilarni bo’sh vaktlarini unumli tashkil etish buyicha bir nechta takliflarga ega bo’lsa  maqsadga muofiq bo’ladi chunki, shu orqali o’quvchilarni turli xil yot narsalardan saklab kolishi mumkin, aksincha ustoz shogird maktabi buyicha o’quvchilarni moddiy qo’llab-quvvatlashni ham tashkillashi mumkin. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari orqali kasblarga yullash ishlarini maqsadli va mazmunli tashkillab o’quvchilarni kelajakda kim bo’lishlari xakidagi savollarga javoblar olishlariga imkon yaratib beriladi.

      Bunda o’quvchilarga kasb turlari, ularning o’ziga xos tomonlari orqali, kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqidagi ma’lumotlar ham o’rgatiladi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash o’quvchilarning o’zlariga havola etiladi. Mazkur texnologiya darslarini o’qitishdan oldinga qo’yilgan asosiy maqsad o’quvchilarning aqliy va jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirishdir. Bundan quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:

      – o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan hislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

      – o’quvchilar tomonidan bajariladigan, moddiy nehmatlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilim-larini hamda mahlum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egalashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakko’rlarini rivojlantirishga qaratilgan.

      Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, ta’lim samaradorligini oshirish borasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga ehtiyoj tug’ilmoqda.

      Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga moslasha oladigan, raqobatdosh, faol va ijodkor shaxslarni shakllantirishdan iborat/1/.

      Binobarin, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil yil 6-noyabrdida imzolangan “O’zbekistonning yangi tarqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108 Farmonda ham “Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g’oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo’lgan, intellektuaal va mahnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo’lishlari uchun zarur ko’nikma va bilimlar bo’lishini shakllantirish” mazkur sohadagi asosiy yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan. SHuningdek, Prezident Farmoni va Qarorlarida shuningdek, asarlarida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o’qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo’lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o’quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalarini o’rganish va ijrosini ta’minlashning kun tartibidagi asosiy masalasi sifatida qaralmoqda  /2-7/.

      Bu masala boshqa fanlar qatori texnologiya fanini o’qitishda ham asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun esa o’qitish jarayonida ta’lim metodlaridan unumli va oqilona foydalanish hamda bu metodlarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va o’qitish jarayoniga tadbiq etish orqali texnologiya fani mashg’ulotlarining samaradorligini oshirish talab qilinadi. SHu sababli bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidagi asosiy dolzarb masala – ta’lim metodlari va shakllarini yaxshi egallagan, ularni amalda ahborot kommuniktsiya vositalaridan qiynalmay fodlana oladigan  oladigan malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat bo’lib qolmoqda. CHunki, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni kasblarga yo’naltirishda o’qituvchi shaxsi va uning faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Binobarin, o’qituvchi olib boradigan ochiq muloqot tarzidagi mashg’ulot jarayonini boshqa hech narsa bosa olmaydi. SHu sababli ham malakali yetuk o’qituvchi kadrlar tayyorlash uchun, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish muhim omil hisoblanadi.

      Jahonda ta’lim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda «ta’limning hamma bosqichlarida, ta’lim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda»/ 8/.

      Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadini amalga oshirish kelajak yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda.  Bu esa fan o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.

      Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalarini qo’yadi. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan avvalol istak, hohish – iroda, yuksak kasbiy salohiyat va insoniy ijobiy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi.

      Ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish mavzusi yuzasidan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari, ularni tushintirish mehanizmlari taklif etilgan bo’lsalarda /9/ texnologiya fanini, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayoni shu kun talabida o’rganilmagan.

      SHuningdek, hozirgi kunda hech bir mamlakatning o’quv ta’lim-tarbiya muassasasida rahbar hodim tayyorlanmaydi, insonning rahbarlik salohiyati o’zining ish faoliyatida jamoada ishlash jarayonida shakllanib boradi. SHu bois fan o’qituvchisi boshqaruv faoliyatining kompetentlik darajasini yanada yuksaltirishning eng muqobil yo’li sifatida qaralmoqda va malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda.

      Dunyo hamjamiyatida aks etayotgan ilmiy-metodik, mahnaviy-mahrifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kontyokistida (manzarasida) aks etishi orqali yuzaga keladigan kommunikativ munosabatlar, ahborotlarni o’zatish va qabul qilish hamda uni qayta ishlash bilan undan mahlum maqsadlarda foydalanish orqali inson omili bilan bog’liq bo’lgan masalalarning ilmiy-nazariy yechimlari aniqlanmoqda.

      Ta’lim tizimida texnologik jarayonlarni tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonini tashkil etishda zamonaviy  bilimga ega bo’lgan ijodkor, malakali, salohiyatli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchiga zarur. SHuningdek, texnologiya fani o’qituvchisi texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi, Ta’lim jarayoni samaradorligiga salbiy tahsir etuvchi va ularni bartaraf etish yo’llarini bilishi, modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi,   o’quvchilar bilim samaradorligini oshirishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi va dars jarayonida tadbiq eta olishi zarur.

      Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari/10/  o’zluksiz Ta’lim tizimida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar, pedagogik jarayonlarning o’ziga xos orqalilari, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuvlar, Ta’lim jarayonlari samaradorligi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning funktsiya va metodlari, shuningdek, ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda rahbarlar va professor-o’qituvchilar tomonidan pedagogik jarayonlarni takomillashtirish, pedagogik jarayon sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning refleksiv faoliyatini tashkil etish asosida ta’lim samaradorligini oshirish yo’nalishidagi vazifalar yoritilgan.

      R.X.Djuraev, S.T.Turg’unov,