Salim Madraximovich Otajonov

«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya


Скачать книгу

muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini nazorat qilishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.

      Mamlakatimiz olimlari E.Seytxalilov, SH.Qurbonov, SH.SHaripov, M.Yo’ldoshev, S.Turg’unov,  N.Ahmedova MDH olimlari Ye.Kolegova, E.Korotkov, V.Ko’rlov, I.Mazur, V.Fedorov, V.SHapiro va boshqalar, shuningdek, xorijlik olimlar Deborah J.Teeter, Edward Sallis, Franklin P.Schargel, H.James Harrington, Jeffrey J.Burgard, Lawrence A.Sherr, Marmar Mukhopadhyay, Ronald J.Fitzgerald vaboshqalarning tadqiqotlarida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalarida, jumladan, ta’lim sohasida foydalanib kelinayotgan sifatni boshqarish mexanizmlari, shuningdek, malaka oshirish ko’rsi jarayonida o’qituvchilarni boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning omillari haqida fikrlar (sifatni boshqarishning baholashga asoslangan yondashuvi SWOT—tahlil, sifatning yalpi menejmenti—TQM tamoyillariga asoslangan kontseptsiya va ISO 9000:2000 xalqaro sifat standartlari talablariga asoslangan yondashuv)berilgan, ularning Ta’lim tizimidagi erishishi mumkin bo’lgan imkoniyatlari tahlil qilingan/35-42/.

      Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda xalq Ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish muammosi bo’yicha alohida tadqiqot predmeti sifatida o’rganilmaganligini e’tirof etish mumkin.

      O’quv qo’llanmaning maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida texnologik jarayonlarini tashkil etish va ularni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning omilarini zamonaviy yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat bo’lib, vazifalari esa texnologiya fani darslarida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik va psixo-pedagogik asoslari ishlab chiqish;

      – texnologik ta’lim jarayonni tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning o’ziga hos yo’llari;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda umumta’lim fanlari modullarini integratsiyasi.

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish tizimi modelini ishlab chiqish;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

      O’quv qo’llanmaning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish masalalarini ilmiy-metodik asoslari o’rganilgan va ishlab chiqilgan;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmini boshqarishni takomillashtirishning psixologik-pedagogik asoslari ishlab chiqilgan;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning mazmun-mohiyati metodik nuqtai nazardan tahlil qilingan va o’ziga hos yo’llari o’rganilgan;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari o’rganilgan va dars jarayonida foydalanish tavsiya etilgan;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda umumTa’lim fanlari modullarini integratsiyalash masalalari tahlil qilingan;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish tizimining «modeli» ishlab chiqilgan.

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalari o’rganilgan.

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari o’rganilgan.

      Amaliy natijalari esa texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning mazmun-mohiyati mualliflik yondashuvi asosida pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va fan o’qituvchisining boshqarish mehanizmini takomillashtirishning o’ziga xos orqalilari, asosiy funktsiyalari, ta’lim sifati va samaradorligini aniqlash yo’llari o’rganilgan;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishda xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida o’qituvchilarning boshqaruv faoliyatini takomillashtirish jarayonida kasbiy mahoratini oshirib borish mexanizmi yaratilgan;

      – texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishda xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida sifatning yalpi menejmenti kontseptsiyasiga asoslangan sifat va samaradorlikni yanada rivojlantirish tizimi joriy etilgan hamda uni baholashning modeli, kvalimetrik shkalalari va algoritmi ishlab chiqilgan/43/.

      Uquv qo’llanmaning mamlakatimiz va horijiy davlatlarda amalga oshirilgan pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanganligi, qo’llanilgan usullar va zamonaviy yondashuvlar, nazariy mahlumotlarning rasmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli to’zulmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izoxlangan. SHuningdek, ta’lim muassasasi rahbari va pedagog hodimlarning vazifalaridan kelib chiqib, texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati mehanizmini takomillashtirish asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning tizimli yondashuv texnologiyasini amaliyotga qo’llash samaradorligini keng miqyosda batafsil tashkil etilgan va o’tkazilgan tajoiba-sinov ishlari jarayonida o’z aksini topgan.

      Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish yuzasidan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati, taklif etilgan modellarning tushintirish mehanizmi, ilmiy-metodik va psixologik va pedagogik asoslarning mavjudligi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuv asosida tashkil etish, o’quv reja va dasturlarni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim sifati va samaradorligi rivojlantirishda foydalanilishi bilan izohlanadi.

      Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati umumiy o’rta Ta’limi muassasalarida, xalq Ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida o’qituvchilarning boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha mehyoriy-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlashda, uning mazmuni va sifatiga qo’yiladigan davlat talablarini ishlab chiqishda, tinglovchilarning malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringi mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi.

      Umumiy o’rta ta’lim maktab (UO’TM) larida texnologiya fanini o’qitishda texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va o’qituvchining boshqarish faoliyati mexanizmini takomillashtirish yo’nalishida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida UO’TMda texnolgiya fanida texnologik tahhlim jarayonini tashkil etish va o’qituvchining boshqaruv faoliyati mehanizmini takomillashtirish sohasidagi taklif va mulohazalardan O’zbyokiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat Ta’lim Standartlari (DTS) ni tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha malaka talablari»da belgilangan kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o’zini o’zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy kabi tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11—03/03-1293-sonli mahlumotnomasi). Natijada umumiy o’rta ta’lim maktablarida DTS iga muvofiq texnologik ta’lim jarayonlarini