J. Hasanboyev

PEDAGOGIKA


Скачать книгу

metod (usul)lar asosan quyidagilardir:

      • adabiyotlarni o‘rganish metodi;

      • kuzatish metodi;

      • suhbat metodi;

      • bolalar ijodini o‘rganish usuli;

      • maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi;

      • eksperiment – tajriba, sinov usuli;

      • test sinovlari metodi;

      • statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli;

      • matematik va kibernetik usullar;

      • sotsiologik tadqiqot metodi.

      «O‘qitish metodi o‘qituvchi va o‘quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo‘ldir»,

      – deydi professor R.A.Mavlonova. U o‘qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo‘yadi:

      1. O‘quv materialini o‘rganishning o‘qituvchi tavsiya etgan yo‘li.

      fikrlashning dialektik-materialistik usuli, mustaqil qarashlarga, irodaviy xususiyatlar va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan metod tarbiyaviy tusda bo‘lishi lozim.

      2. O‘qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo‘lishi zarur. Shundagina o‘qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo‘yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo‘lmasligini bila oladi.

      3. O‘qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.

      4. O‘qitish metodining tushunarliligi: o‘qitishning yo‘li o‘quvchi uchun qabul qilinishi va qo‘llanishi, o‘quv materialini o‘rganishning usuli esa bilimlarni o‘zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.

      5. O‘qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.

      6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e’tibor.

      7. O‘qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.

      Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko‘zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo‘yishni, unga erishish bo‘yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi va o‘quvchilarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o‘quvchilar bilim, iqtidor va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, o‘z dunyoqarashini, tafakkurini va ma’naviyatini yuksaltirishga erishadilar.

      Ta’lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblanadi.

      Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti sifatida» asarlarida masalaga shunday yondashishni ko‘rish mumkin.

      O‘quv-tarbiya jarayoni haqidajiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan emperik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.

      Adabivotlarni o‘rganish metodi – pedagogik adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasiga va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston Birinchi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar. monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertat- siyalar o‘rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.

      Kuzatish metodlari – kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan bosh- lanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra, ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish – obyektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlaridan ma’lum xuiosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatishda qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xuiosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinosyo‘lka, videoyozuvi, televideniye va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to‘g‘ri foydalanish o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.

      Suhbat metodi – tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida maxsus shaxslar bilan og‘zaki savol lar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli. aniq ifodaga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab, tuzib, natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi.

      Pedagogik eksperiment – har qanday pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo‘linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperiment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma iumotlar o‘quvchilarda shakilantiriladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganish maqsadida eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarni, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash, rejalashtirish, eksperimet maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi. olingan natijalarni tekshirish metodlarini qo‘llash. Eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya’ni:

      1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo‘lishi.

      2. Tadqiqot medodlarining ishonchliligi.

      3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.

      Turli metodlarning o‘zaro qo‘shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash-yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordam beradi. Odatda, o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, meridian, dispensiya, tanlab olinadigan to‘plam majmuyining o‘rtacha kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuzatish koeffitsiyentlari hisoblab chiqariladi. Ilmiy-tadqiqot natijalari amalda qo‘llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalari amalda qo‘llanilishidir. Mustaqil O‘zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to‘planib bormoqda. Biroq, ularni amaliy ishga joriy etish yo‘lida qiyinchiliklar borligi ko‘zga tashlanmoqda.

      Bu qiyinchiliklar o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo‘lsada, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani tako millashtirishga qaratilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo‘yiladi. Talablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi peda- goglar bilan o‘quvchilarning mo‘ljallangan kuch-g‘ayrati mezonini to‘g‘ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun tadbirlar kompleksi bo‘lib, u olingan xulosalar haqida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o‘quv va metodik qo‘ llanmalar yaratishni, metodik yo‘l-yo‘riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

      Maktab