foydalanishga erishish va bunda ilm-fan yutuqlaridan muntazam foydalanib borish mexaniz- mini yaratish.
9. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada jonlantirish va yoshlarimiz g‘oyaviy ongida bo‘shliq hosil bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik meto dologiyasini yaratish.
10. Aqidaparastlik va terrorizm ta’siridan yoshlarimizni asrashda kasbiy-kompyuterli o‘yinlardan keng foydalanishga erishish, ayniqsa, kiberterrorizmdan yoshlarimizni asrash mexanizmini barpo qilishga keng imkoniyatlar yaratish.
11. Ijtimoiy va kasbiy pedagogikaning barcha sohalarini muntazam ravishda davr bilan mos holda takomillashtirib borishga erishish.
12. Ta’lim-tarbiya sohasidagi barcha xatti-harakatlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa shu kabi davlat me’yoriy hujjatlari asosida olib borishga erishish va hokazo.
Ushbu muammolar qatorini yana davom ettirish mumkin.
Ta’limning, o‘qitishning vazifasi, yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijobiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlashi, uni mukammal egallab, shu sohada samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo‘gini, turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi.
Ushbu ma’noda pedagogika fanining vazifalari quyidagilardir:
• Sharq va G‘arb xalqlari yaratgan. xalq og‘zaki ijodiyotiga asoslangan pedagogikani mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, tahlil qilib, barkamol shaxsni shakllantirishning qonun-qoidalari va zaruriy sifatlarini aniqlash;
• Pedagogika – tarbiyashunoslikdagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammosini ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga amal qilish;
• ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va uslublarni maktab amaliy hayoti bilan bog‘ lab boiajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;
• xalq ta’limini boshqarish va unga rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib, boiajak o‘qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal etish.
Maiumki, inson kamoloti, uning yashash davridagi muhit va tarbiyaga hamda o‘sha davrlardagi ongli faoliyatiga bog‘liq holda rivojlanadi. Bolalar juda yoshligidan boshlab kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xil aloqada bo‘ladi va asta-sekinlik bilan bu faoliyat ularning shaxsiy xususiyatlariga ta’sir etib, shaxs sifatida shakllanib boradi.
Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq qilib uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Rahbarlik qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama bo‘ladi yoki salbiy rivojlanishga olib kelishi mumkin.
Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati
Pedagogika fani tarbiya nazariyasi va dialektikaning uyg‘unligi asosida insonda bozormunosabatlarini shakllantirish, milliy-ma’naviy meros, an’analar, urf-odatlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari bo‘lgan tarbiya va ta’lim berish haqidagi tushuncha, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori o‘z o‘rni va aloqadorligi bor. Pedagogika falsafa, psixologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sinergetika va informatika kabi fanlar bilan mushtarak holda rivojlanib kelgan.
Bugungi kunda bir qator umumiy masalalar ishlab chiqilganki, bu masala falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir. Bular jumlasiga tabiat bilan boshqa ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar: dunyoqarashni, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta’lim jarayonining mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan gnoseologik masalalar va boshqa muammolar kiradi. Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda falsafaning sotsiologiya, etika (axloq-odob), estetika kabi tarmoqlari katta ahamiyatga egadir.
Insonning aqliy rivojlanish qirralarini, jihatlarini o‘rganadigan boshqa fanlardan farqli o‘laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda pedagogika fani ko‘p tarmoqli fan sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, pedagogika fanlari tizimiga etnopedagogika. maktabgacha ta’lim pedagogikasi, kasbiy ta’lim pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, axloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot pedagogikasi, harbiy pedagogika, maxsus pedagogika: kar-soqovlar (surdo) pedagogikasi, ko‘rlar (tiflo) pedagogikasi, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno) pedagogika, logopedagogika, pedagogik mahorat kiradi.
Pedagogik fanlarning boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug‘ullanganligi sababli, unga hamma fanlar ko‘maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko‘rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o‘sha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. Pedagogikaning metodologik asosi bilan nazariyasi va tarbiyadagi qonun-qoidalari bevosita falsafa fanining ta’sirida amalga oshiriladi. Abu Nasr Forobiy «Tal-xisu navomisi Aflotun» (Aflotun qonunlarining mohiyati) asarida inson kamolotining falsafa fanining ta’sirida rivojlanishini shunday ko‘rsatgan edi: «Yaxshi fazilatga ega bo‘lgan shahar aholisi eng baxtiyor odam bo‘lishi, qonunlarga ixtiyoriy bo‘ysunishini ta’minlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi qoidalarni mustahkamash zarurdir». Pedagogika psixologiya, mantiq, huquq va tibbiyot fanlaridagi qonun-qoidalarga bevosita bog‘lanadi. Pedagogika fanidan bolalarni davrlarga bo‘lish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigiyenasi fanlarining ham o‘rni katta. Pedagogika ilmiy-tadqiqot metodlarini takomillashtirishda matematika, fizika, informatika fanlari bilan bog‘lanadi.
Mustaqil O‘zbekistonda milliy pedagogika fani bevosita iqtisod fani bilan bog‘lanib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiradi.
YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra. hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bilan band bo‘lgan aholining yarmidan ko‘proq qismi ma’lumotlar yig‘ish. ishlab chiqish, qayta ishlash va tarqatish (uzatish) bilan shug‘ullanmoqda. Bunday muhim asosni fanlarning pedagogika fani bilan o‘zaro integratsiyasi, avniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalarisiz va innovatsion yondashuvlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni va uni olib borish uchun yaratiladigan axborot texnologiyalari va tizimarining yaratilishida intellektual salohiyatli barkamol avlodning ijodiy mehnati, izlanuvchanligi, tashabbuskorligi, yangilikka qiziquvchanligi va shu kabi innovatsion jarayonlarga kirib borish qobiliyati e’tiborga olinadi va bu jarayon rejalashtirilgan natijani qo‘lga kiritgunga qadar davom etadi. Bu biron ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan turli maqsadlardagi bilim berishning ilmiy-uslubiy yo‘llari bo‘lib, bilim olishning chegarasini va ilmiy tafakkurni ken- gaytiradi, fazoviy fikrlashni. ijodkorlikni va sezuvchanlikni (sinchkovlikni) rivojlantiradi.
2.4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. Metod haqida tushuncha
Metod (lotincha metodas – yo‘l so‘zidan) – tadqiqot yo‘li nazariy ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so‘zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘liqdir.
Pedagogika fani o‘z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o‘rganadi. Umuman, pedagogika amaliyotida, o‘qitish usullari va metodlarining katta boyligi to‘plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o‘qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy-tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki yo‘llari, uslublari va vositalari