yig‘lab yubordi. U uzoq diyda giryon qildi, «ketgan»ni ham tutib olishdi. U, aslida, oddiy yuk xaltasi bo‘lib, yirtilgan joyidan choponning yengi chiqib qolgan ekan… Bu kurash hammani charchatdi, toliqib manzilga qaytishdi.
Ertasiga charchoqlarni chiqarish, tabiat qo‘ynida dam olish uchun Ko‘hnaqishloq oromgohiga bordik. Ota-bobolarimiz pokiza, go‘zal joylarni ziyoratgohlarga aylantirganlar. Bu yer ham shunaqa. Uzoqdan qaraganda sutdek tuyuladigan Oqsuv bir kechada otilib chiqadi va bir kechada quriydi. Bu mo‘jizani hech kim «tutib olgani» yo‘q. Boshqa bir buloq bo‘yida Tursunxo‘ja eshonning qabri bor. O‘zlari Qarshi taraflardan bo‘lgan ul zot shu atrofdagilarning piri ekanlar. Surxondaryo tomonlik bir shayx bilan tortishib, olov yoqilgan lahmda namoz o‘qiydilar, joynamozning bir cheti sarg‘ayadi, xolos. Nafasi o‘tkir, ilmi zo‘r kishi bo‘lganliklarini naql qilishadi. «Xudodan qo‘rqaman, bo‘lmasa, daryoni teskari oqizardim», derkanlar…
Avgustning o‘rtalarida gilos, o‘rik endi pishibdi.
9 avgust ertalab usta Meyliqul Salohiddinov (u «Rulni ushlab qaridim», deydi) tog‘ yo‘llaridan avaylab, tekislikka tushirib qo‘ydi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.