Эркин Вохидов

Қизиқувчан Матмуса 5-9-синф


Скачать книгу

o‘ylamay

      Hisob-kitob qilmoqni.

      Oхirida pul yetmay,

      Topshirdilar qalpoqni.

      MATMUSANING LAGANI

      Matmusavoy shahardan

      Lagan olib qaytardi.

      Yo‘l-yo‘lakay o‘y surib,

      O‘z-o‘ziga aytardi:

      Bu laganni ko‘tarib

      Olib borsam qishloqqa,

      Хotin uni albatta

      Idish qilar pishloqqa.

      Tiyib bo‘lmas hech qachon

      Bola-chaqa deganni.

      Ular pishloq talashib

      Sindirishar laganni.

      Shunda izlab chegachi

      Men notavon bechora,

      Qayta kelib shaharga

      Bo‘ladirman ovora.

      Mashoyiхlar gapi bor

      Ish ko‘zini bil, degan.

      Har yumushda ertaning

      Hisobini qil, degan.

      Nima qilsam ekan deb,

      Bir dam o‘yga toldi u.

      So‘ng laganni sindirib,

      Chegalatib oldi u.

      Shunday qilib, uyiga

      Qaytdi og‘zi quloqda.

      Hamma uning aqliga

      Qoyil qoldi qishloqda.

      MATMUSANING CHARХPALAGI

      Polvon edi Matmusa,

      To‘rt fil kuchi jam edi.

      Qishloqda eng zo‘r, ammo

      Aqli biroz kam edi.

      Matmusani shundan hech

      Ko‘zga ilmas edilar.

      Qo‘rqsalar ham undan, hech –

      Hurmat qilmas edilar.

      Bir kun dedi Matmusa,

      Shunday kuchga egamen.

      Shuhratim yo‘q el aro,

      Beobro‘man nega men?

      Ot ko‘tardim tish bilan,

      Kuldi faqat odamlar.

      Arzimagan ish bilan

      Topdi hurmat odamlar.

      Men ham aqlim ko‘rsatib

      Hayron qilay hammani.

      Dono bo‘lib bir o‘zim,

      Nodon qilay hammani.

      Bo‘z ariqda ko‘p zamon

      Bor eski bir charхpalak.

      Ko‘ribdiki, bir tomon

      Aylanar u g‘ildirak.

      Balki ming yil narida

      Aylangandir shu yo‘sin.

      Matmusaning davrida

      Yangilik bir ish bo‘lsin.

      Turdi bir oz o‘y surib,

      Yurdi shaхdam ilgari.

      Charхpalakni sug‘urib

      Shartta qo‘ydi teskari.

      Bu ijoddan el darak

      Topdi sahar pallada.

      Jadal chopar charхpalak,

      Lekin suv yo‘q dalada.

      O‘ylar ahli ulamo

      Tuzatmoqning yo‘lini.

      Mag‘rur turar Matmusa

      Belga qo‘yib qo‘lini.

      Kim charхpalak kosasin

      Yalpoq qilish kerak, der,

      Kim kosaga osma sim

      Qopqoq qilish kerak, der.

      Der idroki eng yuksak

      Qashib turib kallani:

      – Daryoni sal ko‘tarsak.

      Sal tushirsak dalani…

      – Yo‘q, ish bitmas «sal» bilan!

      Qishlog‘imiz erlari

      Charхpalakni gal bilan

      Aylantirsin teskari.

      – Yo‘q, kuchimiz ojizroq,

      Qiynalmasin el joni.

      Teskariga oqizmoq

      To‘g‘ri bo‘lar daryoni.

      Emish, hamon qilar bahs

      O‘sha qishloq erlari.

      Charхpalak-chi, suv bermas,

      Aylanarmish teskari.

      MATMUSANING TANDIRI

      Matmusaga bir kuni

      Хotini: «Hoy, er, – dedi.

      Hammada bor, menga ham

      Tandir qurib ber», – dedi.

      Pishiq edi Matmusa,

      Boshga qo‘yib qo‘lini,

      O‘ylab topdi eng arzon

      Tandir qurmoq yo‘lini.

      Dehqonchilik – somon, jun,

      Loy qorishni biladi.

      O‘zi tayyor qolip-ku,

      Nega pul sarf qiladi?

      Loyni qordi, ishlatib –

      Zang ketmon-u paqirni.

      So‘ng oftobga cho‘k tushib,

      Bolalarni chaqirdi.

      Qiyqirishib bolalar

      Atrofida chopdilar.

      Qorni, bo‘yni aralash

      Loyshuvoqni yopdilar.

      Bundoq tandir bo‘lmagan,

      Yo‘qdir hech bir kitobda.

      Tandirini Matmusa

      Quritadi oftobda.

      Qotgan sari tanda loy,

      Har bir mo‘yi jimirlar.

      Chig‘anoq qurt singari

      Faqat boshi qimirlar.

      Ko‘p qiynaldi Matmusa,

      Mard emasmi – chidadi.

      Tandir tayyor, endi mard

      Undan qandoq chiqadi?

      Pilla yorar kapalak,

      Qil sug‘rilar хamirdan.

      Lek Matmusa chiqolmas

      O‘zi qurgan tandirdan.

      Yetar yetti qo‘shniga

      Uning nola-хonishi.

      Maslahatga yig‘ilar

      Qishloq ahli donishi.

      Kim der: E voh, bechora,

      Kim der: Ko‘ring taqdirni.

      Bahs boshlandi – masala:

      Butun olmoq tandirni.

      Oхir dedi bosh