Р. Мавлонова

Меҳнат ўқитиш методикаси


Скачать книгу

mehnati bilan moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratib berar ekan, ayni vaqtda uning o‘zi ham shaxs sifatida shakllanib boradi. Chunki inson aksariyat hollarda o‘z mehnat faoliyati bilan ijtimoiy munosabatlar subyekti (ishtirokchisi)ga aylanadi. Shu bois, insonni yoshlikdanoq mehnat faoliyatiga jalb etish, maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni ruhiy va amaliy jihatdan mehnatga, mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilganligi bilan o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ijtimoiy jamiyatning umumiy va iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy bosqichda bunyod etuvchi, yaratuvchi hamda ishlab chiqaruvchi shaxsga nisbatan yuksak talabalarni qo‘ymoqda. Chunonchi, mehnatga nisbatan eng muhim ijtimoiy burch sifatida yondashish, har qanday mehnat faoliyatiga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lish; mehnat va uning mahsulini qadrlash; mehnatni tashkil etishga jamoa asosida yondashish; doimiy ravishda tashabbuslar bilan chiqish, mehnatni faol, ijodiy tashkil etish; aqliy va jismoniy quvvatga tayangan holda mehnat qilish ishtiyoqining ichki ehtiyojga aylanishi, mehnatni ilmiy tashkil etish, mehnatga nisbatan asosiy hayotiy zarurat sifatida munosabatda bo‘lish, mehnatga, mehnat qilishga ruhiy tayyorlik quyidagi vazifalarni hal etadi:

      a) mehnatning maqsad va vazifalarini anglash;

      b) mehnat faoliyatini tashkil etish rag‘batini qaror toptirish;

      d) mehnatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.

      Ta’lim muassasalarida mehnat ta’limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur asosida amalga oshiriladi. Mehnat ta’limi dasturi namunali xususiyatga ega. Unda maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilar mehnat faoliyatini baholash bo‘yicha ta’lim va tarbiya natijalariga nisbatan davlatning minimum (eng kuchli) talablar aks etadi.

      Mehnat tarbiyasi jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish maqsadning o‘zigina va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli emas, balki eng muhim insoniy layoqat —mehnat qilish layoqatini rivojlantirish uchun vosita hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta’limini tashkil etishda reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash hamda yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish hisoblanadi.

      Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkiliy shakllarini o‘qituvchilar yosh, psixologik xususiyatlari, mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlaydigan. Mehnat tarbiyasini yo‘lga qo‘yishga shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki, natijada mehnat insonning eng sevimli mashg‘ulotiga aylansin, shaxs mehnati samarasi, yutug‘i va quvonchi bilan yashay olsin. Umumiy o‘rta ta’lim davrida o‘quv ustaxonalarida, maktabga tegishli o‘quv tajriba maydonlarida, otaliq korxonalari sexlarida anchagina murakkab mehnat faoliyatini tashkil eta boshlaydilar. Bunday sharoitda mehnat qilish egallagan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish imkoniyatini beradi.

      Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘llash ishlarini kuchaytirish maqsadida endilikda „o‘quv-ishlab chiqarish“ tizimini umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliayatiga olib kirish maqsadga muvofiq. Zero bozor munosabati sharoitida o‘quvchilar imkoniyati, kuchi bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash, ijodkorlik buyumlarini bunyod etish, sotishni yo‘lga qo‘yish maktab, o‘quvchilar ehtiyojlarini qondirish, iqtidorli bolalarni rag‘batlantish, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga yordam ko‘rsatish kabi faoliyatlarni uzluksiz tashkil etish imkonini bergan bo‘lar edi.

      Yangi tipdagi o‘quv muassasalarida tashkil etiladigan mehnat ta’limi va tarbiyasini o‘quvchilarga muayyan kasb-hunar yoki mutaxassislik ma’lumotini berishga asoslanadi. Kasb-hunar yoki mutaxassislik ma’lumotini berish ishining muvoffaqiyati o‘quvchilarning mazkur jarayonga tayyorgarlik darajasiga shuningdek, uni tashkil etish sharoitlari bilan oldindan topish ekanligiga bog‘liq. Shu bois umumiy o‘rta ta’lim maktabining VIII—IX sinflarida o‘quvchilar o‘rtasida mavjud kasb-hunar hamda mutaxassisliklar to‘g‘risidagi ma’umotlarni berib borish, ularning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati borasidagi targ‘ibotni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

      Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda taxsil oluvchi o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida kasb-hunar mutaxassisliklar yuzasidan amaliy ravishda tanishadilar. Ularga mehnat ta’limi va tarbiyasini berishga mutaxassislar ishlab chiqarish ustalari katta rol o‘ynaydilar.

      Ijtimoiy foydali mehnat yoki avlodni jamiyat hayotining tashkil etish jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi.

      Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ijtimoiy foydali mehnatning turlari xilma-xildir. O‘quvchilarning ijtimoiy foydali ishlari asosan sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiladi.

      O‘qituvchilarning ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy foydali mehnatlari ta’lim muassasasi binosi va hovlisini ozoda saqlash, muassasasi binosi va o‘quv anjomlarini ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tirik burchaklarni tashkil etish, sport maydonchalarini bunyod etish, tajriba maydonchalari (issiqxonalarda ishlash va hakozo) kabilarni o‘z ichiga oladi. Maktabdan tashqari sharoitda esa o‘quvchilar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ib-terib olish ishida ishtirok etadilar, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari yoki maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga yetakchilik qilish, urush va mehnat faxriylari, nafaqadagilarni otaliqqa olish, ularga xo‘jalik ishlarini yuritishda yordamlashish, dorivor o‘simliklar, temir hamda qog‘oz parchalarini to‘plash, yashil tabiatni muhofaza qilish ishlarida qatnashish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadilar. Mazkur faoliyatga o‘quvchilarni jalb etishda ularning qiziqishlari, imkoniyatlari yosh xususiyatlari hamda jismoniy quvvati hisobga olinadi.

      O‘quvchilar boshlang‘ich sinflaridayoq ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilinadilar. Shunga qaramay boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham o‘zlarining mehnatlari umum foydasiga qaratilganligini ijtimoiy ahamiyat kasb etishini anglay boshlaydilar.

      Та’limning keyingi bosqichlarida o‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatning, ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari ancha chuqurroq bo‘ladi. Ya’ni ijtimoiy foydali mehnat rag‘bati jamiyat oldidagi ijtimoiy burchni his etish bilan jambarchas bog‘liq bo‘ladi. Jamiyat ravnaqi el-yurt, xalq farovonligi uchun fidokorona mehnat qilish o‘smir va o‘spirin o‘quvchilar mehnatining ijtimoiy-g‘oyaviy asosidir.

      Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etishning barcha bosqichlarida mehnat faoliyatini tashkil etishga nisbatan pedogogik talablar qo‘yiladi. Mazkur pedagogik talablar quyidagilardan iboratdir. (1-jadval)

      1-jadval

      O‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar

      O‘quvchilar mehnat faoliyatining ahloqiy asosda, ijtimoiy-g‘oyaviy ega bo‘lishi, o‘quvchilar mehnat faoliyatiga qo‘yiladigan mazkur talab ularni vatan ravnaqi, xalq baxt-saodati yo‘lida mehnat qilayotganliklari, mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida umumjamiyat manfaatlarini ustun bo‘lishga harakat qilayotganliklarida namoyon bo‘ladi. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarda fidoyilik, chidamlilik, sabr toqatga ega bo‘lish, onglilik, to‘g‘rilik, halollik, mehnatga nisbatan vijdonan yondoshish kabi hislatlar shakllanadi. Bajarilayotgan mehnat yoki shaxsning o‘ziga shuningdek, atrofdagilarga yoki ijtimoiy jamiyat uchun foyda keltirishini o‘quvchilarga tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ularga har qanday mazmun va ko‘lamdagi mehnatning besamar bo‘lmasligini uqtirib o‘tish joiz.

      Mehnat faoliyatining jamoa xarakteriga ega bo‘lishi. O‘quvchilar mehnat faoliyatining jamoa xarakteriga ega bo‘lishi muhim pedagogik talab sanaladi. O‘quvchilar mehnat faoliyati ularda jamoatchilik ko‘nikmalarini hosil qilish, o‘zaro yordam va do‘stlik aloqlarini mustahkamlashni ko‘zda tutish lozim. Jamoa asosida tashkil etiladigan mehnat faoliyati jarayonida har bir o‘quvchining yagona maqsad asosida mehnat qilish uchun sharoit yaratiladi. O‘quvchi mustaqil harakat qilish bilan birga o‘rtoqlariga yordamlashadi. Muhim mehnat faoliyatining ijobiy samarasi uchun har bir o‘quvchining mas’ulligi ortib boradi.

      Mehnat topshiriqlarini berishda o‘quvchilar imkoniyatini hamma vaqt o‘quvchining kuchi va imkoniyatiga muvofiq bo‘lishi kerak.

      Mehnat faoliyati turlarini