А. Митта

Кинода режиссура ва драматургия


Скачать книгу

tayyorlash uchun sizga necha kun kerak?

      – Kun? – deb sо‘radi hayron bо‘lgan Durov, – Hoziroq hammasini qilamiz.

      – Jonivor yangi vaziyatga kо‘nikishi uchun, balki sizga chiroqlar yoqilmagan holda mashq qilish kerakdir? – sо‘raydi operator.

      – Yо‘q, men hammasini mashq qilganman. Chiroqlarni yoqing, kinoapparatni ulang. Chо‘chqa hammasini qiladi.

      – Sinov uchun tasvirga olish kerak emasmi?

      – Hech qanday sinov kerakmas. Hammasini biratо‘la qilamiz.

      Operator chiroqni joylashtiradi. Durov chо‘chqa bilan kutib turadi. Hamma narsa syomka uchun tayyor, guruhning asablari taranglashgan, direktor volidol sо‘rmoqda. Durov portfeldan murabbo olib chiqadida, u bilan chо‘chqa yugurishi kerak bо‘lgan yо‘lning hamma joyiga, polga har bir-bir yarim metriga surtib chiqadi. Keyin murabboni muhim qog‘ozning pastki burchagiga suradi va uni stol ustiga qо‘yadi. Shundan keyin:

      – Biz tayyormiz! – deydi.

      Chо‘chqa asabiylasha boshlaydi, uning tumshug‘i titray va yulqina boshladi. U qо‘ldan chiqib ketmoqchi bо‘lardi.

      Rejissor komanda beradi:

      – Motor! Boshladik!

      Durov chо‘chqani qо‘yib yuboradi. U yо‘l-yо‘lakay poldagi murabboni yalaganicha, koridor bо‘ylab yugurib ketadi. Mansabdor shaxs qо‘lida muhim qog‘ozni ushlab turgan stolga keladi, uni tortib oladi, yeb qо‘yadi va orqaga yuguradi. Hammasi tasvirga olindi.

      – Yana bir dubl olish mumkinmi? – sо‘raydi rejissor.

      – Menga desa о‘n marta oling. Chо‘chqa murabbodan tо‘ygunicha olavering. Ana shunda film direktori о‘zini tutolmadi:

      – Siz aldoqchisiz! Sizga beshta chо‘chqa ham, konyak ham kerak bо‘lmagan. Men bunday oddiy tryuk uchun shuncha katta pul tо‘lamayman!

      – Xayr! – dedi Durov. – Hammasini о‘zingiz kо‘rdingiz. Mana chо‘chqa, mana murabbo, ikkinchi dublni о‘zingiz oling.

      Turadi-yu, ketadi. Chо‘chqa xurillaydi. Odamlar hayron. Rejissor qichqiradi:

      – Durovni qaytaringlar! Hoyna-hoy uning qandaydir siri bor! Hammasi shunday osongina bо‘lishi mumkin emas!

      Durovni qaytarishadi. Uzr sо‘raydilar. Gonorarini tо‘liq tо‘laydilar. U bо‘lsa bir-birini aynan takrorlovchi yana beshta dubl qilib beradi.

      Tomoshabinni о‘z hikoyamiz olamiga olib kirishning ham xuddi shunga о‘xshash oddiy yо‘li bor. Tomoshabin uchun butun yо‘lga murabbo surib chiqing. Chо‘chqa bolasi esa siz xohlagan tomonga yugura boshlaydi. Murabbo esa tomoshabinning qiziqishini qondiruvchi ma’lumotlardir. Uni kichkina bо‘lakchalarga bо‘lib chiqish va yо‘l bо‘ylab joylashtirib chiqish kerak. Ba’zi bir zukko kishilar bunday qо‘pol hazil tufayli hayratdan qotib qolishlari mumkin. Zigmund Freyd va Karl Gustav Yungni о‘qinglar. U yerda tomoshabin va kitobxon о‘z emotsional diqqatlari uchun olishi lozim bо‘lgan mukofotlar haqida aytiladi.

      Biz ham bizga ma’lum bо‘lgan butun axborotni mayda bо‘lakchalarga bо‘lib chiqishimiz lozim. 1 bit = harakatga keltiruvchi 1 tomchi axborot.

      Yuzaki qaraganda bu juda osonday. Harflarni tartibli joylashtirish tufayli sо‘zni topish talab etiladigan eng bema’ni televizion kо‘rsatuv ham millionlab kishilar diqqatini о‘ziga tortadi. Nega shunday? Chunki odam qiziquvchan. Unda simmetriya hissi mavjud – u barcha topishmoqlarning javobini bilishni istaydi.

      Sinchikovlik – qiziqishning birinchi bosqichidir. Hurmatli xonimni kim о‘ldirdi? Uning bosh xizmatkori politsiyadagi sо‘roq paytida nega dag‘-dag‘ titrab, terga botmoqda? Bu paytda uning sohibjamol jiyani о‘z dо‘sti bilan chordoqdagi yotoqda nimalar bilan band edi? Nega it hurmadi?

      Film auditoriyaga savol beradi, biz uning javobini tomchimatomchi suzg‘ichdan о‘tkazamiz. Har bir javobda yangi savol turadi. Shu tariqa axborotni nazorat qilish bilan biz tomoshabin diqqatini ushlab turamiz. Savol – javob, savol – javob… Bо‘laklardan bir butun axborotni tashkil etish auditoriyaga yoqadi.

      Qiziquvchanlik har birimizni qaysidir yopiq narsani qanday qilib ochish yо‘llarini izlashga majbur qiladi. Biror narsa haqida hikoya qilinayotganda tomoshabinning qiziqishini uyg‘otishning oson qoidalari mavjud:

      1. Axborotni mayda ulushlarga bо‘lib bering.

      2. Har safar auditoriya bilishni xohlaganidan kamroq narsa bering. Axborotni nazorat qilib turar ekansiz, siz vaziyatning egasisiz.

      3. Axborotning asosiy qismini oxirigacha yashirin saqlang.

      4. Hech narsani shundaygina berib qо‘ymang, personajlarni har bir tomchi axborot uchun kurashishga majbur qiling. Axborotni topish uchun qancha kо‘p mehnat sarf qilinsa, u auditoriya uchun shunchalik qadrli bо‘ladi.

      «Epidemiya» filmida yuqumli kasallik girdobida qolgan shaharning butunlay yо‘q bо‘lib ketish xavfi bо‘ladi. AQSH prezidentining о‘zi butun mamlakatga epidemiya tarqalib ketmasligi uchun shaharga atom bombasi tashlash haqida farmon beradi. Shu payt olimlar uncha uzoq bо‘lmagan joyda qandaydir bir hayvon borligi va uning qoni kasallika qarshi darmon (vaksina) ekanligini fahmlab qolishadi. Olimlar qutqarish yо‘lini axtaradilar.

      Birinchi qadam. Polkovnik Daniels (uni Dastin Xoffman о‘ynagan) aldov yо‘li bilan vertolyotga ega bо‘ladi. О‘lim xavfi ostida u San-Fransiskoga uchadi.

      U yerda, xuddi shunday qiyinchilik evaziga, portda yuk tushirgan kemalar rо‘yxatidan yetarlicha nazoratdan о‘tmagan bittasini aniqlaydi. Kema allaqachon yana dengizga chiqqan.

      Daniels uning qayerda ekanligini bilib oladi va kema tomon uchadi. Dengizda tuman. Kemani topish qiyin. Ammo Daniels kemani topadi va hayotini xavf ostiga qо‘yib, vertolyotdan kema palubasiga sakraydi.

      Kemada u qiyinchiliklarni yenga borib, Amerikaga karantin nazoratisiz kirib borgan maymunning fototasvirini topadi.

      Diqqat qiling – axborot olishning butun jarayoni mayda bо‘lakchalarga – bitlarga bо‘lingan. Ularning har bir bо‘lagiga qahramon katta qiyinchiliklar evaziga erishadi. Bu bilan mualliflar nimaga erishadi? Shunga erishadilarki, tomoshabinlar voqelikka kirishib ketadilar, ular bularning hammasi qanday davom etishini bilishni istashadi. Bu jarayon oshib boruvchi dinamizm bilan amalga oshadi.

      Daniels qо‘lida qurol bilan televideniyega bostirib kiradi va unga darhol efir berishlarini talab qiladi. U ekranda maymunning tasvirini kо‘rsatadi. Bu hayvonni kо‘rgan kishilar maymunni taniydilar.

      Endi maymunni о‘rmondan olib chiqish kerak. Bu esa bizga yangi qiyinchiliklar taklif etadi. Bu paytda esa dushmanlari Danielsni yо‘q qilmoqchi bо‘ladilar.

      Oxir-oqibat u maymunni topib, uni kichkina vertolyotda laboratoriyaga olib ketayotganida, uning orqasidan ikkita ulkan harbiy vertolyot quvlay boshlaydi.

      Qarang:

      – laboratoriyadagi, – harbiy bazadagi, – vertolyotdagi, – dengiz boshqarmasi idorasidagi, – dengiz ustida, tumandagi, – kemadagi, – televideniyedagi, – о‘rmondagi, – tog‘dagi epizodlarda Danielsning vertolyotini tutish uchun harakatlar bо‘ladi. Bularning barchasi maymunni topish va laboratoriyaga olib kelish uchungina sodir bо‘ladi.

      Har bir epizoddagi axborot lо‘nda, kо‘zga kо‘rinib turadi, qiyinchiliklar, mojarolar va xavf-xatar evaziga olinadi. Bularning barchasi qiziqishimizni oxirgi nuqtasigacha yetkazadi.

      Axborotlarni berishda eng muhim momentlar burilish nuqtalari bо‘lib, unda har bir yangi xabar butun voqealar rivojini kutilmagan tomonga burib yuboradi. Bunday burilish nuqtalari hikoyaning darajasini aniqlaydi. Burilish nuqtalari qanchalik g‘ayriodatiy bо‘lsa, hikoya shuncha qiziqarli bо‘ladi.

      Sarguzasht