ILYOS AZIZOV

730 kun


Скачать книгу

ko‘rinib, qolgan vaqtini ofitserlar kamdan-kam qadam ranjida qiladigan uchinchi vzvod hududidagi “bungal”8da o‘tkazadigan N. N. va K. N. lar bilan shunday ko‘ngilsizlik yuz berdiki, ular umrining oxirigacha ham o‘zini kechira olmasa kerak. Uyga qaytishiga besh-o‘n kun qolgan askarlarga ofitserlar ham ortiqcha topshiriq berib o‘tirmas, jangovar amaliyotlarga ham, imkon darajasida, jalb qilmaslikka harakat qilishardi. Ularning bu kabi ehtiyotkorliklarini suiiste’mol qilgan holda “bungal”dan panoh topgan N. N. va K. N. zerikib, vaqt o‘tkazish va “dembel”ni nishonlash maqsadida feyerverk uyushtirishgan. Lekin bu maqsadda ishlatiladigan raketachalar yo‘qligi aniq. Ixtiyorimizga beriladiganlari esa “jangovar” raketachalar edi. Ya’ni ular tunda yoritish uchun mo‘ljallangan –yorituvchi va signal berishda ishlatiladigan –qizil, yashil rangli olov chiqarib uchadigan raketachalar bor edi, xolos. Ularni ko‘p martalab ishlatib ko‘rganman, osmonga qaratib otsang, vizillab ikki-uch yuz metrlar yuqoriga chiqib boradi-yu, so‘ng chaqnab pastga sho‘ng‘ishni boshlaydi. Lekin bu bilan kimni ham lol qoldirarding…

      Bosh qotirib o‘zicha “kashfiyot” qilgan N. N. yorituvchi raketani “Ochish mumkin emas” deb yozilgan qog‘ozini olib tashlab, trubka ichidan sug‘urib olingan kichik parashyutchani o‘rniga portlatishda ishlatiladigan detonatorni shunday joylab qo‘ydiki, porox kuchi bilan yuqoriga chiqib olgan raketacha yonib, parashyut yordamida sekin pastga tushish o‘rniga, o‘sha joyda portlab atrofga olovli tig‘larini sochishi, bu esa qorong‘u tunda feyerverk bo‘lib ko‘rinishi lozim edi. Nazariy jihatdan yaxshi o‘ylangan. Endi amalda sinab ko‘rish qoldi, xolos.

      Ilk “namuna” tayyor bo‘ldi. N. N. uni iltifot bilan do‘stiga uzatdi. Sinov muvaffaqiyatli o‘tdi. Xuddi reja qilinganidek chiroyli olovli guldasta taqdim qilgan “namuna”dan so‘nggisi bir zumda tayyorlandi. Endigi otish navbati o‘ziniki. Chap qo‘lidagi raketachani boshi uzra ko‘tarib, o‘ng qo‘li bilan ilgagini tortishga shaylangan N. N. ikkinchi vzvoddagilar ham bu tomoshadan bebahra qolishlarini istamadi va g‘olibona qichqirdi:

      – Qaranglar va havas qilinglar!

      Ilgak tortildi. Lekin raketacha, vizillab ko‘kka o‘rlashdan, joyida yonishni afzal ko‘rdi. N. N. uni o‘zidan uzoqlashtirishga ulgurolmadi.

      Qo‘lida portlagan raketacha uning chap qo‘l kaftini nimtalab tashladi. Yetmaganiga yuziga ham uch dona oskolka tegib yaraladi. Bekorchilikdagi “kashfiyot” qimmatga tushdi. Ular har qanday mahsulot ham zavoddan “brak” chiqishi mumkinligi ehtimolini hisobga olishmagandi.

      Tibbiyot maskaniga tezda yetkazilganiga qaramasdan uning qo‘lini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Bir haftadan so‘ng uyi tomon uchishi lozim bo‘lgan askar bir yarim oy gospitalda davolanib, undan so‘nggina qahramon sifatida Vatanga qaytdi. Komandirlar o‘zlariga gap tegishidan qo‘rqib, yopdi-yopdi qilib, haqiqiy janglarda kimdir ishlab topgan mukofotni uning nomiga rasmiylashtirib bera qolishdi, azamatlar. Ularning “aqlli”ligini ko‘ring. O‘z jangovar mukofotini intiq kutayotgan askarga esa “Moskva qabul qilmadi” deb qo‘ya qolishadi. Qolaversa, haqiqiy qahramonlar tanti bo‘ladilar. Ular gap quvib yurishmaydi. “He, o‘rgildim, o‘sha orden-medalingdan. Kerakmas menga. Sog‘-salomat onajonim bag‘riga qaytsam bo‘ldi” degancha qo‘l siltab qo‘ya qolishadi.

      Jangovar amaliyotlar oralig‘ida qismda turganimizda ana shunday ko‘ngilsizliklardan tashqari, har xil tushunmovchiliklar ham bo‘lib turardi. Shunday voqealardan biri Valeriy Purgin navbatchiligida ro‘y berdi. Kazarmamizning kunchiqar tomoni minalashtirilgan maydon bilan himoyalangan, uning narigi tarafida esa aholi uylari boshlanib ketgandi. Maydon bilan kazarmamiz o‘rtasida esa, oshxonamiz joylashgandi. Oshxona yonidagi yantoq ko‘karmaydigan yalanglikda esa kiyim –boshlarimizni qaynatib, yuvib, quritib olishimiz uchun sharoit qilib olgandik. Minalarni ham o‘zimiznikilar, bir necha yillar oldin o‘rnatishgan. Ularni oralab o‘tish uchun maxfiy yo‘lak ham qoldirishgan va uni o‘zlaridan keyin qoladigan izdoshlariga ko‘rsatib ketishardi. Shunday bo‘lsa-da, barchamiz ham, uni aynan qaerda ekanligini aniq bilmasdik. Biz uchun unga zarurat yo‘q edi-da. Ajal urug‘i qadalgan, ushbu maydon borligi uchun ham, bu hudud maxsus qo‘riqlanmas, ichki naryaddagilar va oshxonadagilar tomonidan shunchaki kuzatib turilardi.

      Kechgi tanovulga kelganlarga, ovqatlarini taqsimlab berayotgan Nosir, mina maydonini oralab, pisib kelayotgan sharpalarni sezib qolib, yaqinida navbatchilikda turgan Valeriyga bildirdi.

      –Menga qurolingni ber, -dedi Valeriy.

      Nosir yonboshida turgan avtomatini tezlik bilan unga uloqtirdi, uni ilib olgan Valeriy esa, bor ovozi bilan qichqirdi:

      –Stoy, kto idyot!

      Sharpalar esa ovoz berish yoki to‘xtash o‘rniga ortga qarab qochishdi. Orqasidan quvib, tusmollab otilganidan so‘ng, ular ko‘rinmay qolishdi.

      –Boplading, Valeriy! Ularni yer tishlatding.

      –So‘qmoqni qay biring bilasan, borib ko‘raylikchi.

      Oshxona atrofini yaxshi bilgan Nosir bilan borgan Valeriy dushmanlarning o‘ligini emas, balki, o‘z askarlarimizdan ikkitasini qo‘lini ko‘tartirib, oldilariga solib kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular afg‘onlarga sotish uchun bronejilet olib chiqishgan, nimadir bo‘lib, uni sotolmay, ustilariga kiyib qaytishayotgan ekan. Omadlari kelib, ular vafo qilmagan aslahalar, ularning hayotini asrab qolgan edi! O‘q zarbidan yuztuban yiqilgandan so‘ng, qimirlamay yotishga majbur bo‘lgan askarlar, qaysi rotadan ekanliklari aniqlanib, komandirlari shu yerga chaqirtirildi. Ushbu voqeadan ham o‘zimizga kerakli xulosa chiqarib, kiyib yurish gohida malol keladigan bronejiletni ustimizdan yechmaydigan bo‘ldik.

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «Литрес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

      Примечания

      1

      Ma’lum sabablarga ko‘ra ayrim qahramonlarning ismi-sharifi o‘zgartirilgan. Har qanday o‘xshashlik mutlaqo tasodifiydir (Muallif).

      2

      Keltirilgan she’rlar ustoz- shoir Hasan Qurbonov qalamiga mansub.

      3

      Kotelok – quyuq-suyuq ovqatlar solib yeyishga, zarurat bo‘lganda esa ostidan olov yoqib taom pishirishga mo‘ljallangan, askarlar o‘zi bilan olib yuradigan qozoncha.

      4

      Lifchik – uch-to‘rt dona o‘qdon sig‘adigan cho‘ntaklari bo‘lgan, ko‘krakka taqib olinadigan, qattiq matodan tikilgan qulay moslama.

      5

      Zampolit- rota (batareya) komandirining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

      6

      Dembel –Demobilizatsiya so‘zidan olingan harbiy jargon. Harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar safidan urush (harbiy muddatli xizmat) yakunidan so‘ng zahiraga bo‘shatilishi.