qo‘rqish hamda zavqlanish kabi sezgilar namoyon bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya davri. Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko‘rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o‘yin o‘ziga xos o‘rin
tutadi, o‘yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo‘ladi. Bolani o‘yinning mazmunidan ko‘ra o‘ynalayotgan buyumlar (o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlar) hamda o‘zining harakatlari ko‘proq zavqlantiradi.
Mazkur yosh davrida. bola faoliyatida ixtiyorsiz faollik bilan bir qatorda, ixtiyoriy diqqat ham o‘sa boshlaydi. Bu davr bola «men» ligining vujudga kelishi bilan ham xarakterlidir. U tevarak-atrofdagi bolalar bilan o‘zini solishtiradi, o‘zining ulardan ustun jihat- larini qidira boshlaydi. Bunday holatlar uning «men, o‘zim» so‘zini keng qo‘llashda seziladi.
Olti yoshga qadar bola dunyoni. ijtimoiy borliqni to‘laligicha idrok etadi. Uning atrofdagilar bilan munosabat doirasi kengayib boradi. Bu esa uning nutqi va tafakkurini yanada o‘stiradi. Munosabatlar doirasining kengayib borishi, unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri aniq tafakkur bo‘lib, u nimalarni idrok etsa yoki tasavvur qilsa, o‘sha narsalar haqida fikr yuritadi. Shu bois bola uchun mavhum voqea-hodisalarga qiyoslab. tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Atrorfdagilar bilan muomalada bo‘lish asosida bolada ma’naviy qarash shakllanadi, endilikda u turli harakatlarni «yaxshi». «yo‘lon» deya baholab boradi. Bu davrda bola hayotda o‘yin bilan birga faoliyatning boshqa turlari ham ahamiyatli bo‘lib boradi, dastlabki mehnat ko‘nikmalari hosil bo‘ladi: rasm chizadi, loydan, qumdan shakllar yasavdi. Shuningdek, ular kattalar tomonidan berilgan oddiy topshiriqni bajarib boradilar. Ularni kuchlari etadigan ishlarga jalb qilish yaxshi samara beradi.
Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to‘lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki «yetuklik yoshi» sifatida e’tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko‘ra maktabga, ta’lim olish- ga to‘la tayyor bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6–7 yoshdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. Shu davrga qadar bola hayotida muhim o‘rin tutgan o‘yin faoliyati o‘z o‘rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o‘qish faoliyatiga bo‘shatib beradi. Yosh bola uchun bunday «mas’uliyatli mehnat» ga o‘tish qiyin kechsa-da, u asta- sekin bunday sharoitga ko‘nika boradi.
Kichik maktab yoshi o‘quvchilari ijtimoiy borliq haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsalar ham ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning mohiyatini bilishga qiziqadi. Maktabda tashkil etilayotgan ta’lim jarayoni bolaning aqliy faoliyati uchun zarur bo‘lgan fazilatlarning tarkib topishini ta’minlaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar jismoniy jihatdan bir maromda o‘sadi, o‘g‘il va qizlar gavda tuzilishi jihatdan bir-birlaridan deyarli farq qilmaydi. Ularning bo‘yi o‘rtacha 120 sm, og‘irligi 22 kg atrofida bo‘ladi. Suyaklarda tog‘aylik holati o‘sadi. Naysimon ilik suyaklari, asosan, eniga o‘sadi, tuzilishi takomillashib boradi va 12 yoshda bu suyaklar kattalarnikiday qiyofaga ega bo‘ladi. Lekin bo‘g‘inlar, umurtqa pog‘onasi, tos suyaklari hali elastik holatda bo‘ladi. Ko‘krak qafasi va umurtqa pog‘onasi suyaklari yetarlicha qotmaganligi tufayli ular tez shikastlanishi mumkin. Ularda muskul paylari va bo‘g‘inlar tez rivojlanadi. Muskul kuchining ortib borishi tufayli bu davrda o‘quvchilar g‘oyat harakatchan bo‘ladi.
Kichik maktab o‘quvchilarining bosh miyasi o‘sib borib, uning tuzilishida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ularda o‘pka rivojlangan, lekin nafas yo‘li hamda diafrag‘la bo‘sh rivojlangan bo‘ladi, shu tufayli kichik yoshdagi o‘quvchilar ko‘p vaqt harakatsiz qolsalar organizmning kislorod bilan ta’minlanishi yo‘lonlashadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning yuragi, qon aylanish tizimi va nafas olish organlari o‘sishda davom etadi. Ularning yuragi kattalarnikiga nisbatan ikki marta ko‘p qon ishlab chiqaradi. Shu bois ularning yurak urishi tez bo‘lib, har daqiqa 90–92 martaga yetadi. Qonning tarkibida oq qon tanachalari ko‘p bo‘ladi. Jismoniy o‘sishning bu kabi xususiyatlari kichik yoshdagi o‘quvchilarga nisbatan o‘qituvchilar tomonidan ehtiyotkorona yondashuvni talab qiladi. Ularni asabiy- lashishdan saqlash lozim. Bu yoshdagi o‘quvchilar ko‘proq harakat qilishi, ochiq havoda bo‘lishi, yetarli darajada dam olishi, uxlashi ta’lab etiladi. Atrofdagilar buning uchun g‘amxo‘rlik qilishlari lozim. Ularning stol atrofida, partada to‘g‘ri o‘tirishiga, o‘rnida tekis (o‘rin
yumshoq bo‘lmagani ma’qul) yotishiga, qomatlarini tik tutib yurishiga e’tiborli bo‘lish kerak. O‘yin vaqtida, qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur.
Kichik maktab o‘quvchilarida ixtiyoriy diqqat, xotira va idrok, tafakkur, ixtiyoriy idrok qilish, nutq, his-tuyg‘u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi. Shu bois ular bilim olishga va o‘rganishga intiluvchan bo‘ladi. Atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning barchasi ularni qiziqtiradi. O‘qituvchi ularning qiziqishlarini qondirishga harakat qilishi va shu asosda qiziqishlarini rivojlantirib borishi kerak.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun eng ideal shaxs – o‘qituvchi bo‘lib, bolalar uning talablarini dildan bajarishga urinadi. Ular orasida o‘qituvchining obro‘si o‘z ota-onasidan ham baland bo‘ladi.
Kichik maktab yoshi o‘quvchilarining fikrlashi obrazli bo‘ladi. Shu bois, ularga kinoya, kesatik hamda qochiriqli gaplarni gapirish samara bermaydi. O‘qitish ko‘rgazmali qurollar, vositalar yordamida tashkil etilishi kerak. Materialni tushuntirishda uning obrazli, ifodali bo‘lishiga erishish lozim. Ularning kayfiyatiga o‘qishdagi yutuqlari, olgan baholari, shuningdek, amalga oshirgan ijobiy ishlari ta’sir qiladi. Shu bois o‘qituvchi tomonidan unga berilayotgan e’tibor alohida qiymatga ega. Bolaning har bir harakati o‘qituvchining e’tiroziga sababchi bo‘lsa, unda o‘qish istagi yo‘qoladi, maktab ta’limidan ko‘ngli soviydi. O‘qituvchidan qo‘rqqanidan yolg‘on gapira boshlaydi. Bu hol doimiy takrorlanaversa, qo‘rqoqlik va yolg‘onchilik uning asosiy xislati bo‘lib qoladi. O‘qituvchi tanbehi oqilona bo‘lib, bola sha’nini yerga urmasligi, shaxsini kamsitmasligi kerak.
O‘smirlik davri. Kichik maktab yoshidan o‘tgach, o‘smirlik davri boshlanadi. Bunda bola shaxsi rivoj lanishining murakkab davri boshlanib, bu «o‘tish davri» deb ataladi. O‘tish davri bolalikdan balog‘at davriga o‘tishni ifodalaydi. O‘smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik va psixologik xususiyatida ro‘y berayotgan kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
O‘smirlik yoshida jismoniy jihatdan sekin o‘sish davri tugaydi. Jismoniy o‘sish tezlashadi. O‘smirlar 31 yil ichida 20–25 sm o‘sadilar (qizlarning o‘sishi 18–25, o‘g‘il bolalar 25–30 sm ni tashkil etadi). Bo‘yiga o‘sish, ilik suyaklarining uzayishi va umurtqa suyagining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi, ammo ilik suyaklarining oxirgi qismlarida ham tog‘aylik holati ustun bo‘lib turadi. Shu sababli, ularga jismoniy topshiriqlar berishda bu holat inobatga olinishi kerak. Ushbu holat tufayli o‘smirning qaddi-basti beso‘naqay bo‘lib ko‘rinadi. O‘z navbatida suyakning tez o‘sishi, muskullar rivojining ortda qolishi sababli, o‘smir baland, oyoq-qo‘li uzun, ozg‘inday ko‘rinadi. Bu esa uning yurishiga, gavdasini tutishiga ta’sir etadi.
O‘smirning ko‘krak qafasi ham bo‘yiga nisbatan sekin o‘sadi. Shu sababli ko‘pchilik o‘smirlarning ko‘krak qafasi tor bo‘ladi. Bu holat organizmning kislorod bilan to‘yinishiga to‘sqinlik qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur holatni inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Qon aylanishida ham katta o‘zgarishlar yuz berib, yurak hajmi ortadi, ammo qon tomirlarining rivoji bir oz ortda qoladi. O‘smirlik yoshida jinsiy yetilish davri boshlanadi. Ularda ayollik va erkaklikning tashqi belgilari (ovozning do‘rillashi, mo‘ylovining sabza urishi, ko‘krak qafasi va ko‘krak bezlarining, o‘g‘il va qiz bolaning nafas olishidagi tafovut) paydo bo‘la boshlaydi. O‘zgarishlar ta’sirida ro‘y bergan erotik sezgilar ularni tashvishga soladi. Bularning barchasi ichki va tashqi tafovutlarni kuchaytiradi.