J. Hasanboyev

PEDAGOGIKA


Скачать книгу

u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi. Maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tatbiq etadi.

      O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya ko‘p omilli xarakterga ega, ya’ni bola shaxsining qaror topishiga oila, maktab, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Tarbiyaning natijalari bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu o‘quvchilarning psixologik (individual-tipologik). fiziologik va jismoniy xususiyat- lariga, ularning hayotiy va ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy jihatlariga bog‘liq. Tarbiya odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash. bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususiyatlarini shakllantirish bilan qo‘shib olib boriladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni yo‘qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola xulqidagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulq, hosil qilingan zararli sifatlar o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab, oila, ota-onaning hamkor- ligi lozim bo‘ladi. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o;zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.

      Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib qarashmagan.

      Hozirgi kunda ta’lim jarayoni o‘qituvchilar tomonidan bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Tarbiya esa shaxs tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda bu xislatlarni ma’naviy qadriyatlar asosida shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Umumiy ta’lim maktabining yuqori sinflarida ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini o‘rganish, tarbiyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish, asosan dars jarayonini tashkil etish, uning asosiy qismlariga qo‘yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog‘liq.

      Tarbiya nazariyasidagi asosiy muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

      – tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash;

      – tarbiya istaklarini tasniflash;

      – o‘quvchilarning ma’naviy ehtiyoji va talabi;

      – o‘quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini inobatga olish;

      – o‘quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o‘sishi, tarbiyasiga ta’sirini aniqlash;

      – o‘qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish.

      Milliy mentalitetimizga ko‘ra, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiya – o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan sharqona tushunchalardir. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga binoan muttasil o‘zgarib-yangilanib boraveradi».

      Bu uzluksiz jarayon ta’lim-tarbiya uchun mas’ul barcha rahbarlar va xodimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Negaki, oldimizda turgan engezgu maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, «O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin ega 11 as hi ham – bularning barcha-barchasi, avvambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yeti- shiga bog‘liqdir».

      Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atlarda vaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda shaxning harakat qilishi tarbiya maqsadini murakkablashtiradi.

      Maktab tarbiyasi shaxs ongini. dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois, tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzluksizligidir. Tarbiya jarayoni – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlaridan iborat. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan. bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazi 1 ishiga erishish maqsadga muvofiqdir.

      4.2. Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash – tarbiya maqsadi sifatida

      Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga. Zamonaviy madaniyatga ega bo‘lgan. Har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan erkin shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir.

      Bu borada qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da barkamol avlodni shakllantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

      Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi-murabbiylar, shu yo‘nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo‘yilishini davr talab etmoqda.

      Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish masalasidir. «Boshqacha aytganda, – deydi I.A.Karimov, – biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak».

      Yuqorida qayd etilgan fikr asosidagi tarbiyani amalga oshirish ma’naviy yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog‘Iiq holda amalga oshiriladi. Bunda xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, ularga hurmat uyg‘otilishi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning saqlanishi va mazmunan boyitilishi, shuningdek, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning har tomonlama taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

      Hozirgi paytda uzluksiz ta’lim tizimida «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Ma’naviyat asoslari», «Milliy istiqlol g‘oyasi», «Axloq- shunoslik», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» va shu kabi fanlar mazmuni mustaqiJlik mafkurasi asosida qayta tayyorlanganligi va boshqa turli fanlar mazmuniga ma’naviy qadriyatlar ruhining singdirilishi yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida buyuk burilish bo‘ldi. Ular orqali yoshlarimiz butun insoniyat, jumladan, Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari, shuningdek, o‘zbek xalqi yaratgan ma’naviy boyliklar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, buyuk vatandoshlarimiz (qomusiy va hadischi olimlarimiz)ning jahon sivilizatsivasiga qo‘shgan beqiyos hissalarini yoritish orqali ularga milliy-ma’naviy merosda faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash, qadriyatlar va urf-odatlarimizga ongli munosabatda bo‘lishni singdirish imkoniyati yaratildi.

      Hozirgi demokratik jamiyatdagi tarbiyaning maqsadi yuksak ma’naviyatli, milliy taraqqiyot mafkuramizda qat’iy turuvchi, ona-Vatan ravnaqi fidoyisi. O‘zini va yon-atrofdagilarni yot g‘oyalardan asrovchi, yurt tinchligi, davlatimiz ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida dovyuraklik va tashabbuskorlik bilan faoliyat yurituvchi barkamol shaxsni tayyorlash asosida barkamol avlodni shakllantirishdan iboratdir.

      Bunday tarbiyaviy faoliyat uzluksiz ta’lim