hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Ushbu likrlardan xulosa chiqarsak, shaxs tarbiyasi xususiy emas, balki ijtimoiy-milliy ilmdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy eti- shi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlarida, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» no‘lli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy. axloqiy. ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan hissiyotlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi.
Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qad- riyatdir.
Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi shakllanib boradi. His-tuyg‘ulari rivojlanadi. Ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabati, bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoada- gi munosabatlar jarayonida murakkablashib boradi. Tarbiya jarayoni o‘quvchining ongini emas, balki his-tuyg‘ilarini ham o‘stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilay-
Di, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi.
Tarbiya jarayonida uning maqsadi. shakli, vositalari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi (5.1.1-shakl).
5.1.1-shakl
Tarbiya jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy shakli
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli beqiyosdir.
5.2. Tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari hamda o‘ziga xos xususiyatlari
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yon- dashish bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. Shaxsning xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o‘zaro mustahkam bog‘langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit tarzda rivojlanadi. Bola o‘sib va rivojlanib borgan sari tarbiya vazifalari murakkablashib. chuqutiashib, tabaqalashib boradi.
Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgan jarayonda quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashish, reja va amal birligi hissini uyg‘otish:
b) o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ogoh etish, chuqur bilimga, tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, malakalarni tobora boyitish;
d) umuminsoniy axloq me’yorlarini anglashni (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, axloqsizlikka qarshi nafrat va h.k.), muomala odobi, yuksak madaniyatni o‘quvchilarda qaror toptirishga erishish;
e) huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish, o‘quvchilarda fuqarolik tuyg‘usini, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish:
t) tarbiyani muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;
g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlar qarashlariga hurmatni, huquq va burchlarni kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish;
h) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish;
j) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash. uning sha’ni, or-nomusi.
qadr-qimmati, huquq va burchlarini himoya qilishga o‘rgatish va boshqalar.
Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o^quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shaxs xulq-atvori hamda sifatlarning mohiyatini aks ettiradi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishi,lik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkura- si va g‘oyalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi g‘oyalar yotadi:
1. Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tarbiya maqsada aniq belgi- lab olingan edi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vosita – bu shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, mafkuraviy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalash tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutiladi.
2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchining bolalar bilan ma’naviy madaniyatining eng yaxshi namunasini izlashi, shu asosida tarbiyachi insonning hayotiy me’yor va qadriyatlarini ishlab chiqishi, o‘quvchining tarbiya jarayonida faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namu- nalari katta tarbiyaviy ta’sirga ega.
3. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim jihatlaridan biri – bu insonning hayotida o‘z-o‘zini anglashi, inson o‘z shaxsiy hayoti va baxtining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotda fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash g‘oyalariga tayanib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
4. Tarbiyaningyo‘naltiruvchanligi. Mazkurg‘oya maktab (ta’lim muassasalari) amaliyotining markaziy