va ongli rivojlangan insonlar
E) Hamma javoblar to‘g‘ri
2. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar…
A) Biologik omil, muhit, tarbiya
B) Inson faoliyatini boshqarish
D) Tarbiya
E) Biologik omil, muhit
3. Go‘daklik davriga qaysi davr kiradi?
A) Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr
В) Chaqaloqlik, tug‘ilgandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr
D)Maktabdagi tarbiya yoshi
E)Barcha javoblar to‘g‘ri
4. Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri qanday davr deb ataladi?
A) Bolalik davri
B) Maktabgacha tarbiya davri
D) o‘smirlik davri
E) Balog‘at davri
5. «Inson tarbiya predmeti sifatida» asarining muallifi kim?
A) Yan Komenskiy
B) Ushinskiy
D) Yusuf Xos Hojib
E) Abdulla Avioniy
6. «Individ» so‘zining ma’nosi…
A) Yagona. bo‘linmas, yarim shaxs
B) Yagona go‘dak
D) Shaxs
E) Bo‘linmas
7. Faoliyat bu…
A) Rejani yoki uni amalga oshirishdagi muayyan bosqichlar
B) Rahbarning boshqa odamlarga, jamoaga, jamiyatga muno- sabati
D) Emperik bilimlar to‘plami
E) Insonning muhit bilan o‘zaro munosabati
8. Shaxs madaniyatining asosiy jihatlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Siyosiy, demokratik, huquqiy madaniyat
B) Iqtisodiy va mehnat madaniyati, aqliy, axloqiy
D) Ekologik, badiiy va jismoniy madaniyat, muloqot madaniyati va oilaviy munosabatlar madaniyati
E) Yuqoridagilarning hammasi to‘g‘ri
9. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar…
A) Odob-axloq, tarbiya
В) Muhit, ta’lim
D) Irsiyat, tarbiya
E) Irsiyat, muhit, ta’lim va tarbiya
10. «Irsiyat» deganda nimani tushunasiz?
A) Odam shaxsining va xulqining rivojlanishi
B) Biologik omillarning ta’siri
D) Ota-ona, ya’ni yaqin ajdodiardan avlodlarga o‘tadigan biologik xususiyat
E) Hamma javoblar to‘g‘ri
11. Shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan inunosabatlaridagi xatti-harakatlarning belgisi – uning…
A) Intizomi
B) Tarbiyasi
D) Odob-axloqi
E) Bilimi
12. Shaxs rivojlanishining muhim davri yoshlik yillari, (talabalik yillari) nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
A) 14–15 yoshdan 17-18
B) 17 yoshdan 21 yoshgacha
D) 16–18 yoshdan 17-18
E) 17–18 yoshdan 24–25 yoshgacha
13. Ideal tarixiy shaxs obrazi berilgan qatorni aniqlang.
A) Navoiyning ideali – Farhod obrazi
B) Oybekning «Navoiy» romanida esa Navoiy obrazi – ideal obraz
D) Xalqimiz qahramoni Alpomish
E) Javoblarning barchasi to‘g‘ri
14. Bolalardagi o‘ziga xoslikni, ularning ruhiy jarayonlarining turlicha bo‘lishini qaysi omillar belgilaydi?
A) Biologik omil, ijtimoiy omil
B) Obyektiv omillar, ijtimoiy omillar
D) Axloqiy omillar, biologik omillar
E) Biologik omil, ijtimoiy omil, ta’lim-tarbiya
15. Bola shaxsining rivojlanish davrlari qaysi qatorlarda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Tug‘ilgandan to bir yoshgacha bo‘lgan bolalik davri
B) 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davr va maktabgacha tarbiya yoshi davri
D) Kichik maktab. O‘smirlik va o‘spirinlik davri
E) Yuqoridagilarning hammasi
16. Irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya qanday omillar sirasiga kiradi.
A) Jamoatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
B) Shaxsni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar
D) Shaxsni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
E) Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi omillar
Oz narsaga qanoat qilgan odam davlatmanddir, negaki bunday qanoat uning ma’naviy boy ekanligidan dalolat beradi.
Suqrot
4-MAVZU. TARBIYANING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:
1. Tarbiya maqsadi. Tarbiya maqsadining xilma-xilligi.
2. Hozirgi jamiyatda har tomonlma rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash tarbiya maqsadi sifatida.
3. Tarbiya vazifalari va mazmuni, uning aqliy, fuqarolik, ma’naviy- axloqiy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, estetik tarbiyasi haqida.
Mavzuning maqsadi:
Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning roli, uning mazmuni va turli shakllari haqida ma’lumot berish orqali yoshlarda aqliy, ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, ekologik, estetik tarbiya tushunchalarini shakllantirish.
Mavzuning vazifalari:
– tarbiya maqsadining xilma-xilligini ochib berish;
– mustaqil fikryuritadigan ijodkoryoshlarni shakllantirish;
– barkamol shaxs tarbiyasida Sharq mutafakkirlarining tarbiya to‘g‘risidagi qarashlarini ko‘rsatish;
– shaxs tarbiyasida aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, estetik va mehnat tarbiyasining rolini aniqlash.
Tayanch ibora va atamalar: tarbiyaning maqsadi, tarbiya maqsadining xilma-xilligi, barkamol avlod tarbiyasi, milliy tarbiya asoslari, tarbiya tizimining uzluksizligi, barkamol shaxs tarbiyasi.
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi. yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi – barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan. Mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali. bilimli mutaxassis. ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni ko‘zlaydi.