g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi va o‘quvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o‘qituvchi) o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘rib va anglay olsagina uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.
6. Jamoat yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har tomonlama taraqqiyoti. Unda dunyoni anglash va uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyg‘ularining yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik jaravonda tarbiyalanuvchiga aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy. siyosiy. iqtisodiy. ekologik hamda diniy tarbiya olish lozimligini uqtirishning o‘zi ham samara beradi. Zamonaviy tarbiya mazmuni, g‘oyalari yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (5.2.1-shakl).
5.2.1-shakl. Zamonaviy tarbiya mazmuni va g‘oyalari.
Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini aniqlab olishi muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unga tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyoj lari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqari- lishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati lining uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez suratda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati o‘zining uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtirila boriladi. shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik tavsifiga ega bo‘lishi lozim.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik. tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishni talab etadi.
Demak. tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi (5.2.1-shakl).
5.2.1-shakI. Tarbiya jarayoni tuzilmasi.
Demak, yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. Tarbiya – yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayoni bo‘lib, har qanday ijtimoiy tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosiy bo‘lib kelgan.
2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish ko‘zlangan maqsad va vazifalarning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
5.3. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari, qoidalari va tamoyillari
Tarbiyajarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o‘rtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning obyektiv talablari insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi.
Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada obyektiv ravishda mavjud bo‘ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar «qonuniyat» deb ataladi. Bunday qonuniyatga tarbiya jarayonida ham amal qilinadi. Tarbiya qonuniyatlari mohiyati bir tomondan ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligidir.
Tarbiyaning ikkinchi muhim qonuniyati uning shaxs rivojlanishi bilan birligi, o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligidir.
Shaxs rivojlanishi tarbiyaning g‘oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog‘liqdir. Ayni chog‘da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari shaxsning rivojlanganlik darajasiga ham bog‘liq. Tarbiya jarayoni psixologiya fani asoslarini, shaxsning psixologik va fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishni talab qiladi. Tarbiyachi (o‘qituvchi) tarbiyalanuvchi (o‘quvchi) shaxsni har tomonlama o‘rganishi va shu asosida unga to‘g‘ri psixologik tavsif berishi hamda ta’sir ko‘rsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, ularga har qanday tarbiyaviy ta’sir bir tomonlama yoki tasodifiy bo‘lib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy ta’sirlarga mos bo‘lmay qoladi.
Tarbiyaning uchinchi qonuniyati faoliyat va munosabat birligini e’tirof etish, shaxsning ijtimoiy ijobiy fazilatlarini shakllantirishning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq tashkil etilsa, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabat oqilona bo‘lsa, Tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo‘ladi.
Tarbiyaning to‘rtinchi qonuniyati tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklari, ularning o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi sanaladi.
Tarbiyachi (o‘qituvchi)larning va o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanuvchi (o‘quvchi)larga pedagogik ta’siri, ular faoliyati va munosabatlarini tizimli hamda rejali tarzda maqsadga muvofiq tashkil qilishni nazarda tutadi. Tarbiya jarayonida tarbiyachi (o‘qituvchi) va tarbiyalanuvchi (o‘quvchi)larning ijtimoiy roli bir xil emas. Tarbiyachi uchun tarbiyalanuvchi har vaqt tarbiyaviy obyekt hisoblanadi. Biroq, tarbiyalanuvchi tarbiyachi bilan ongli ravishda o‘zaro munosabatda bo‘lishga erishsa, tarbiyaviy munosabatlar faol xarakter kasb etadi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «ЛитРес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного