Sardor Kurbanov

Hadi. O’zbek tilida


Скачать книгу

p>O’zbek tilida

      Sardor Kurbanov

      © Sardor Kurbanov, 2023

      ISBN 978-5-0060-3531-7

      Created with Ridero smart publishing system

      HADI

      Odamzodning eng katta xatosi yo’q, uning xatolari bor. Shuni bilib turib ham, odamzod ba’zida o’z xatolaridan o’rganmaydi. Nega unaqa deb so’ragandan foyda yo’q, chunki shuning o’zi ham, bir xato hisoblanadi. To’g’ri, savollarga javob izlash kerakdir, lekin har doim har qanaqa savolga ham javob izlayverishni o’zi bir xatolik, shuning uchun ba’zida, shunchaki oldinga harakat qilish kerak. Bitta joyda turib qolgandan foyda bor bo’lishi mumkin, shu faqat har doim emas. Ba’zida biz tomondan qandaydir harakat kutiladi, bu harakat qanaqadir, aniq bir harakat bo’lishi shart emas, ammo harakat bo’lmasdan turib ham, harakat yuzaga kelishi mumkin. Bitta joyda turish bu hech nimani o’zgarmasligi va hech nima o’zgarmasa, unda shu hech nima o’zgarmaganlik ahvoli davom etaveradi, degani. Bu yerda hech qanaqa «progress» ham, «regress» ham bo’lmaydi. Biroq, sal pal «regress» tarapga oqsashi mumkin.

      Yana shukr va noshukrlik orasida juda katta farq bor, buni hamma inson bilsa kerak. Shuni bila turib ham, insonlar odatda noshukrlik chegarasini bosib o’tishadi. Bu chegaradan keyin yana orqaga qaytsa bo’ladi, faqat u chegaradan bu chegaraga qatnagandan nima foyda??? Noshukrlik qilishga insonlarda sabab ham yo’q. Hayotida bo’lib turadigan «jarayon» uchun savol bilan noshukrlik tomon yurish shart emas. Shart bo’lishi kerak bo’lgan narsa, bu chidamlilik yoki sabr. Bular ikkalasi egizak hisoblanib, insonlar hayotida ham muhim hisoblanadi. Sabrni qo’lga kiritish uchun juda ko’p «trenirovka» qilish shart emas. Buning uchun shunchaki, sabr qilish kerak va bu uchun ham shunchaki, sabr qilish kerak yoki boshqacha qilib aytganda, chidamli bo’lish kerak.

      «Mani baxtli bo’lishga haqqim bormi?» Bu savol har bir odamning miyasini mehmoni bo’ladi. Javobga keladigan bo’linsa, u ham mehmon bo’ladi, faqat bittamas, har xil javob. Bu esa har bir insonga bog’liq holatdir. Savolning javobi yoqishi yoki yoqmasligi ham insonning o’zidan talab qilinadi. Bundan xulosa qilinadiki, har bir berilgan savolga tayyor javob, har bir insonning o’zida yashiringan. Shuni eslatish kerakki, baxt tushunchasi hamma uchun har xil. Tushuncha hammaga har xil bo’lgani bilan, keraklik darajasi bitta, hamma bu narsaga intiladi. «Faqat» farqi shuki, kimdir o’zi uchun, «lekin» kimdir esa boshqa uchun ham. Nima bo’lganda ham, hamma intiladi o’sha «abstrakt» tushuncha tomon. Intilish, bu albatta yaxshi, «faqat» yoki «lekin», degan so’zlarniyam bunaqa vaziyatlarda ishlatilinib turilishini e’tibordan qochirmaslik kerak. Bu so’zlar ishlatilinadimi, e’tiborga olinadimi, bu ham insonga bog’liq.

      Odamlar o’zlarining harakatlari uchun javob bera oladilarmi? Shunday vaziyatlar bo’ladiki, odamlar yolg’onni haqiqat, deb qabul qilishadi. O’zlari haqiqat, deb o’ylagan yolg’onlari, aslida yolg’on ekanligiga shubha ham qilishmaydi. Agar shubha qilishganda, buni haqiqat diyishmasdi. Shubhaga ham borishadi, faqat qachonki, yolg’on jariga tushayotganlarida. Yolg’on o’z yo’lida, bu soxta narsa hisoblanadi. Bu yerda hech kimning aybi yo’q, insonning o’zidan boshqa. Chunki, odamga har doim imkon beriladi. Tanlash uchun va shu imkon uchun ham, qo’shimcha imkon beriladi. Buni ko’rish, eshitish shart emas. Shunchaki shuni bilsa bo’ldi. Ammo bila turib esa, undan to’g’ri harakat kutiladi, noto’g’risi ham kutilishi mumkin. Lekin bu odamning o’ziga bog’liq bo’lib kelgan, bog’liq bo’lyapti va bog’liq bo’lib qoladi.

      Odam dunyoga keladi, yashaydi, ko’zlarini yumadi. Va, bu ko’zlar umuman ochilmidi. Bitta savol, dunyoga keladi, yashaydi degan joylarda, nega «umuman» degan so’z ishlatilmayapti yoki odatda ishlatilmaydi? Umuman, butunlay va shunga o’xshash so’zlarning hammasini ma’nosi bir xil. Nega bu so’zlarni ishlatsa bo’lmaydi? Javob har xil bo’lishi mumkin, keyin yana g’alatiyam. Chunki g’alati savoldan, g’alati javoblar chiqadi. Bu odatda tabiiy hol, faqat odatda. Xullas, savolga qaytadigan bo’lsak. Javobi oddiy, bunaqa bo’lishi mumkin emas, ya’ni u so’zlar ishlatilishi mumkin emas. Bu yerda lekin, oddiy javob katta muommoga aylanadi. Nega bunaqa bo’lishi mumkin emas? Nima sababdan? Qanday qilib? Va, shunga o’xshash savollar. Falsafada aytilganidek, javob qidirasiz, topasiz, lekin yana yangi savol ham topasiz. Xullas, nimaga ishlatish mumkin emas u so’zlarni, chunki sababi, dunyoga kelish va yashash «limitlangan», ya’ni miqdorlangan vaqtinchalik narsa.

      Odamga qaytadigan bo’lsak, chaqaloq bo’lib tug’ildi, sekin-asta atrofni ko’radi, o’rganadi, gar chaqaloq bo’lsada fikrlaydi. Unda ham har xil savollar tug’ilib boshlaydi. Yangi paydo bo’lgan jonda yangi savollar vujudga keladi, desa ham bo’ladi. Sekin-asta chaqaloqlar o’sadi, ulg’ayadi. Ularda savollar yanada ko’p hajmni tashkil etadi. Ularni yosh faylasuf deb atasa ham bo’ladi. Yosh haqiqattalab faylasuflar qiziquvchanlik ortidan savolga javob topish niyatida harakatchan bo’lib qolishadi. Savol: nega ularda bu qiziqish bo’ladi? Buni o’ylab ko’rish kerak. Balki haqiqatga yaqinroq javob, hatto shu yosh bolalarda ham maqsad bo’lar. Faqat ularning maqsadi boshqacha ko’rinishda bo’ladi, ulg’ayib esa chaqaloqning ko’rinishi ham, maqsadlarining ko’rinishi ham o’zgaradi. Ko’p hollarda, boshida bo’lgan chaqaloq bo’lishdan to’xtaydi.

      Dunyoni yoki hayotimizni, ba’zida «illyuziya» diyishadi, balki shunaqadir. Unda savol, boshqa tuyg’ular nima? Boshqa narsalar? Va, yana boshqa narsalarchi? Yoki ja bo’masa ko’plar uchun asosiy narsa hisoblangan, sevgi nima? Agar hayot «illyuziya» bo’lib turib, odamlar ko’zida lazzat va azobdan iborat bo’lsa, sevgi ham shulardan iborat deb hisoblasak. Demak, biz «illyuziyalar» ichidagi «illyuziyalarda» yashayotgan ekanmizda va yashash tarzida ham davom etarkanmizda buyog’iga. «Illyuziyaning» ichida yashash bu salkam, aldovlar orasida, aldovlar ichida yashashdir. Ba’zi bir odamlar shuni bilib turib, shunga rozi bo’lib, hayotni davom ettirishadi. Bu ham odam tabiatiga mos, chunki u haqiqatdan qochgisi keladi. Sababi har xil bo’lishi mumkin, ba’zida haqiqatdan qo’rqadi, ba’zida esa haqiqatdan o’zini ustun qo’yadi. Lekin shuni unutadiki, «illyuziya» bir soya, ya’ni haqiqat qorong’ida ham haqiqat bo’lib qolaveradi, «illyuziya» esa qorong’iga birlashib bir bo’lib ketadi.

      Nega odam odamni toifaga ajratishi kerak? Sabab nima? Axir hamma biladiku, hamma bir xil darajada, bir xil tarozida. Ya’ni hamma odam hisoblanadi, hammani ko’radigan baxti va azobi bor, hech kim bu narsadan quruq qolmagan. Insonlarga kerak narsa bu mehr, o’zaro mehr. Shu o’zaro mehr, sevgi, oqibat insonlarni suvda cho’kib ketishdan, olovda yonib ketishdan asraydi. Bu uchun hech nima to’sqinlik qilmaydi. To’sqinlikka shu yaqinroq narsa, bu ba’zida insonlarning o’zlari. Hamma joyda aytiladi, yoziladi, «odamlar birlashishi kerak», deb. Va, bu yolg’onmas, biroq ba’zi insonlar buni noto’g’ri deb o’ylashadi. Ammo buni qayerdan bilishadi, axir ular shunchaki, buni o’ylashadi. Birlashish vaqti kelgan yo kelmaganligini qayerdan bilishadi, balki o’sha kelganmi yo keldimi, degan vaqtning o’zi aynan shu vaqtdir. Buni o’ylab ko’rguncha, harakat qilib ko’rsa nima qiladi? Bu yerda hech kimni ayblab bo’lmaydi, hamma o’z «prinsipi» uchun jon kuydiradi. Agar yana savollar bilan murojat qilinadigan bo’linsa, javobini o’shanda harakat qilib ko’rgandan so’ng olsa bo’ladi. Yaxshilab o’ylab ko’rilsa, hayotga bir marta kelinadi. Agar insonlar 2—3 ta hayotni egasi bo’lishsa yoki hayot chizig’lari uzaytirilgan bo’lsa, tushunsa bo’ladi, o’rtaga araz va ginalar tiqishtirilishini. Har xil xulosa, gipoteza yoki teoremalar javob bo’lishi mumkin, faqat ko’rib turilganidek, bu yerda ham «mumkin’ degan so’z bor. O’zi shundog’am qisqa muddatli bu hayotda insonlarga foyda keltiradigan boshqa mantiq ko’rinmayapti. Bu mantiq esa foydali ko’rinyapti. Shu ko’ringani uchun ham sinovdan o’tqazib ko’rish kerak.

      To’satdan yana savollar paydo bo’lishi mumkin. Bular o’zi nimaga yozilyapti?. Buning javobi esa bitta nuqta hisoblanadi. Va o’sha nuqta esa, odamlar to’g’ri yo’lni ajratishni o’rganib olib, bir-birlari bilan birlashib va hokozo yaxshi narsalar bilan yashashlaridir. Hatto eng kuchli va eng aqlli odam ham yordamga muhtoj, nafaqat odam, hamma jonzod, albatta Allohdan tashqari. Buni tushunib yetish insonlarning o’zlariga bog’liq. Tushunib yetgan bilan, hamma ish o’z-o’zidan qilinib qolmaydi. Hech bo’lmaganda azgina harajat kerak bo’ladi. Ha harajat, harakatni bildiradigan harajat. Hayotda shunchaki nafas olish mumkin, ammo shu bilan birga yashamaslik ham mumkin va bundan nima foyda? To’g’ri, hech qanaqa. Insonlar hohlashsa, bu haqida o’ylab ko’rishlari mumkin. To’g’ri, hamma hayot ma’nosini har xil tushunadi, biroq boshqa tarafdan boshqacha tushunsa ham, aynan shu tarafdan bir xil tushunsa bo’ladiku. Oddiy tarixga bir nazar solinsin va shunchaki Gitler olinsin. Ha, Adolf Gitler,