Sardor Kurbanov

Hadi. O’zbek tilida


Скачать книгу

bir marta bo’lsa ham, o’z umri davomida nafas olib turgani uchun minnatdorchilik bildirishi kerak. Mayli kimdirlar noshukrlik qilishar, lekin shuni ham bir analiz qilib o’ylab ko’rish kerakki, o’sha noshukrlik bilan shug’ullanayotgan insonlarga nisbatan, boshqalarda hatto shunaqa noshukrlik qilishga bunaqa imkoniyat ham yo’q, ya’ni noshukrlik qilayotgan insonlar hatto noshukrlik qilish imkoniyatiga, shu daqiqalarga egaligi uchun ham minnatdorchilik bildirishlari kerak. Bu haqiqatni anglashni o’zi bir, yaxshi yashash hisoblanadi. Balki kimdirlar o’ylar, bunaqa chiroyli gaplar ortida ma’no bo’lmaydi deb, lekin, biroq, agar ortida ma’no bo’lmaganda, bu gaplar bunaqa chiroyli bo’lmasdi. Shuning uchun ham hayotni chiroyli qilishga harakat qilish kerak. Bu chiroyni paydo qilish uchun esa, to’g’ri yashash kerak, a bu uchun esa nima to’g’ri, nima noto’g’ri, nima soxta yo nima haqiqiyligini ajratishni bilish kerak. Bu juda ko’p narsani talab qilmaydi, talab qiladigani, shunchaki, azgina fikrlash va tamom. Bir tomondan lekin, birlashib yashash ham, yaxshi yashash alomatlaridan hisoblanadi. Chunki bu to’g’ri qaror hisoblanadi va aytilganidek, to’g’ri qaror ham, yaxshi yashash alomatidir. Yana misol ko’rinishida aytiladigan bo’lsa, bitta shag’am olinsin, bitta shag’amni o’zi, o’ziga belgilangan darajada masofa yoki joyni yoritadi, endi esa ularni 4—5 tasi, 50—60 tasi, 100 tasi yoki undan ham ko’pichi? Albatta, qancha ko’p bo’lsa, yorug’lik ham shuncha ko’p bo’ladi. Va yana albatta, bu yorug’lik, faqat bittasi uchun chegaralanib qolmaydi, boshqalar uchun ham bo’ladi. O’zi o’sha shag’amlarni vazifasi, zulmat, qorong’ilik ichida yoritilish, yoritib turish, shuni ham insonlarga o’xshatsa bo’ladi, agar o’ylab ko’rilsa, o’xshash tarafalari topiladi.

      Agar insonlar o’z tabiatini o’zgartirishsagina, o’zlariga yaxshilik qilgan bo’lishadi. Bu yerda albatta, boshqa «obraz”ga kirib yashash ma’nosidamas, shunchaki qilishlaridan kerak bo’lganidan bittasi, to’g’ri qadam bo’lishi kerak bo’lgan joyda noto’g’risini qo’ymasliklari kerak, balki zarur. Ba’zida ulardan talab qilinadigani shu, lekin ular teskarisini qilishadi va yana savollar bilan nafaqat o’zlarini, balki boshqalarni ham boshlarini qotirishadi. Agar to’g’ri ishni, to’g’ri vaqtda, to’g’ri qilishsa hayotda o’zlarini savollari sal kamayardi. Va shu narsa, ularni baxti uchun xizmat qiladi. Yana va yana, misol tariqasida, kimdir yordam qo’lini cho’zsa yoki oddiy bir maslaxatni qabul qilisha olishmasa, bu yomondanam battar yomon. Keyin yana insonlar bir – birlari bilan soxtalikmas, samimiylik orqali murojot qilishsa, hozir yashayotgan olam jannat bo’lardi, faqat shu yerdagisi bo’lardi. Oldin aytilganidek, soxtalik bu vaqtinchalik hisoblanadi, samimiylik esa abadiyat sari qo’yilgan qadamdir. Uni shunaqa qilib tasvirlashni o’zi ham yetadi, ortiqcha bezaklarsiz. Bu yerda lekin birlashib yashash kerak degan gap shartmas, chunki samimiy yashashni o’zi birlashish uchun kerak bo’lgan narsa, ya’ni buni unaqasigayam o’qisa ham, bunaqasigayam o’qisa ham, bir xil ma’no beradigan so’zlar deb tassavvur qilsa bo’ladi. Qancha birgalikda yashashga harakat qilgani bilan, ichi qoralik, dushmanlik, soxtalik bilan yashasa, foyda umuman nol, nol esa ko’rinishga ega bo’lgani bilan o’zi yo’q degani. Foyda qachonki, tabiiy narsa bo’lsa bo’ladi va o’sha insonlarning ichlarida yashiringan samimiylik esa, xuddi o’sha tabiiy narsa hisoblanadi. Va, bu tabiiy narsa boshqa bir tabiiy narsalarni hosil qilishga qodir, qiziq tuyulsa sinab ko’rish mumkin. Qayerda bo’lmasin, hamma yerda inson boshqa bir chetdan, uzoqdan, lekin asli o’zi yaqin bo’lgan va hatto bo’lmagan insonga muhtoj bo’ladi, ya’ni bo’lib yashaydi, bu fakt. Insoniyatning tabiati shuni talab qiladi.

      Shu kungacha bo’lgan hayotdan ko’ra, agar inson zoti to’g’ri yashashga amal qilsa, undan ham zo’riga erishishadi, e’tibor berilsa, shu yerda ham insonlar ko’plikda nomlanyapti. Bu kimdirni qo’lidamas, bu har bir insonni qo’lida. To’g’ri balki, gapirishar, faqat to’g’ri yashagan bilan hayot yaxshi bo’lib qolmidi deb, balki bu to’g’ridir, bu ham har bir insonni qo’lida. Yana boshqa misol, bu safar boshqa «avtor’lik misoli ko’rinishida ham bu narsani bilib olsa bo’ladi, gaplar to’g’riligini. Kim bo’lsa ham, to’g’ri diyishdan boshqa iloj yo’q. Xullas, bir kun bitta odam Hudodan jannat bilan do’zoxni ko’rsatishini, nima farqi borligini iltimos qilib so’rabdi. Hudo uni bitta honaga olib borib, kirg’izib ko’rsatibdi, u yerda katta dumaloq stol va stolni ichida katta kosada ovqat bor ekan, atroflarida esa odamlar o’tirishgan ekan va ularni qo’llariga kattalik qiladigan, uzun qoshiq berib qo’yilgan ekan. Har qancha ovqatni olib yeyishga harakat qilishmasin, o’xshamas ekan, chunki qoshiq juda uzun ekan va odamlar uni yeyish tugul, og’zini oldiga olib kelishi «muommo» ekan. U yerdan chiqishibdi va ikkinchi honaga kirishibdi. U yerga kirib ko’rishsa, o’sha manzara, katta stol, o’rtasida katta kosada ovqat, stol atrofida odamlar, qo’llarida uzun qoshiqlar. Hudoni yonidagi odam, shoshilib so’rabdi, qani jannat, qani do’zox, ikkalasi ham bir xil manzaraku deb. Shunda Hudo yaxshilab qara, deb yana o’sha tomonga qaratibdi. Qarasa bu gal odamlar bemalol ovqat yeya olishayotgan ekan, albatta o’zlarimas, bir – birlarini to’ydirib, ovqat yedirib o’tirishgan ekan. Keyin Hudo aytibdi, birinchi ko’rganing do’zox, bu esa jannat deb. Bu yerda xulosa, shundoq ko’rinib turibdi. Qo’shimcha sifatida aytish mumkin, samimiylik, birlashish, bir – birini yolg’iz qoldirmaslik, «egoist”likni o’ylayvermaslik va xullas va xullas. Hatto hayotda ba’zi bir insonlar uchrab turadi, o’sha umuman tushunmasdan qo’lidagi qoshiqni ayblashadi, uni ushlab turgan qo’llarnimas, uni boshqarib turgan ongnimas, muddo qilib aytganda o’zinimas.

      Balki ba’zilar hisoblagandek, taqdir oldindan yozilgan bo’lar, lekin, bu fakt deganimasu. Aytilib turganidek, ba’zilar hisoblagandek. Insonalarga kichkina sabab berilsa bas, boshlashadi har xil savollar bilan o’zlarini qiynab. Albatta hamma ham unaqa emas, shunaqalar bo’ladi, yangi umid, yangi ishonch, yangi chidamlilik va boshqa yangi hayotni yaxshilashga qodir narsalar bilan yashashadi, bu narsalarni keyingi «round’ga ham tayyorlab qo’yishadi. Ha, hayotda «round’ lar ko’p, mayda narsalarga taslim bo’lmaslik kerak. Hayot shunisi bilan hayot. Unda yosh to’kish balki kerakdir, biroq bunga o’zining berilgan vaqti bor. Baxt, degan abstrakt bo’lsa ham, shu tushuncha tomon yugurishmasu, lekin yurish kerak, ja bo’lmasa emaklash kerak, asosiysi harakat, harakat bo’lgandan so’ng «progress’ yuzaga keladi. «Progress’dan so’ng yana «progress’, to’g’ri ba’zida qarama – qarshisi ham bo’lib turishi mumkin, lekin bu kutilgan holat, chunki bunaqa minuslar har doim, hamma yerda uchraydi. Hayot shunisi bilan hayot.

      Savol, sarob hayotda yashagan yaxshimi yoki shu sarobni haqiqatga aylantirganmi??? Albatta bu ham, har bir insonni qo’lida. Sevgini kimdir yomonlasa, kimdir yaxshilaydi. Odamzodning psixologiyasi shu. Shu kungacha har xil savollar berilgan, albatta shu tuyg’u haqida, sevgi o’zi yaxshimi yoki yomon? Sevgi o’zi bormi? U kerakmi? Nima u va shunga o’xshash savollarni misollar qilsa bo’ladi. To’g’ri, bu savollar boshqalar tomonidan o’rtaga ancha oldinlari ham tashlangan, tashlanib kelyapti, buyog’iga ham tashlanadi. Ha, siyqasi chiqib ketishga ulgurib bo’lgan savollar deyish mumkin, lekin boshqa ko’rinishdagi javoblar zarar qilmaydi. Ba’zilar sevgi bu baxt diyishsa, ba’zilar azob diyishadi, balki ikkalasidir, balki bir vaqtni o’zida ikkalasi, hammasidir. Bu tuyg’u abstrakt tuyg’u ekanligi ma’lum. Bunaqada boshqa ta’rif kelib chiqadi, ko’rinmasdan turib, ko’rinadigan darajada baxtli yoki baxtsiz qiladigan tuyg’u. Ha, bu tuyg’uni ko’rib bo’lmaydi, ushlab bo’lmaydi, ammo juda yaxshi va juda yomon his qilsa bo’ladi. Agar insonlar, «bu bizga bog’liqmas’ diyishsa, ular yana bitta hato egasi ekanliklarini isbotlab berishadi. Axir tepadan insonlarga, san baxtli bo’lasan, sani sevging o’xshamadimi, demak o’zingni o’ldir, sani sevgiling sani tashlab ketishi kerak va shunga o’xshagan har xil buyruqlar kelmaydiku. Har bitta inson, o’z hayoti, o’ziga havola qilinib yaratilgan. Buni ular qabul qilishlari kerak, qabul qilmasa shu boshqa g’oyalarni ketidan yashashda davom etishadi, albatta bu g’oyalar yaxshi bo’lsa, uyog’i ham yaxshi, teskarisi bo’lsa, teskarisi bo’ladi. Bunaqa haqiqatlarni tushunishga, insonlar o’zlarini o’ldirishlari shartmasku. Odamzodning tabiati ba’zida, noto’g’ri programmalashtirilgan kompyuterga o’xshab ketadi, noto’g’ri programmalashtirish orqali boshqa narsalar ham noto’g’ri yechilib, noto’g’ri yakun topadi. Albatta, bu programmalashtirish Hudo tarafdan emas, U programmalashtirishni a’lo darajada qilgan. Odam zotining o’zlari shu yerda,