Sardor Kurbanov

Hadi. O’zbek tilida


Скачать книгу

qoladi, albatta ba’zilari bitta ko’rishda, ba’zilari asta – asta, nima bo’gandayam buni aynan shu tuyg’u ekanligiga ishonishadi va ba’zida ba’zilari noto’g’ri qilishadi. Ba’zilar usiz hayot yo’q deb ishonishadi, e’tibor berish kerakki, bilishmaydi, shunchaki ishonishadi. Ishonch bu yaxshi narsa, lekin uni to’g’ri yo’naltirishni bilganlargina yana shu kuchga ega bo’lishadi. Shuni ham aytish kerakki, bilib turib ishonish boshqa, bilmasdan turib ishonish boshqa, to’g’ri unda ishonch nimaga kerak unda? degan savol paydo bo’lishi mumkin. Ammo javob, o’sha ishonchni to’g’ri yo’naltirishni bilish kerak. O’sha boshqacha fikrlashli insonlarga ham savollar bor, nega ularga har doim sodiq va muvaffaqiyatli bo’lgan tuyg’uni yo’q qilishlari kerak? Nega ishonchni ishonchini suviste’mol qilishlari kerak? Nega bitta abstrakt tuyg’uni deb, boshqa abstrakt bo’lsayam, o’zlari uchun ancha qadrli narsadan voz kechishlari kerak? To’g’ri endi ham, bunaqa darajadagi yomon voqealarni rivojlanishigacha boravermaydi, ba’zilaridir, lekin, bunaqa ko’rinishda ketaversa, bu ba’zilardan ko’proq ham bo’lib ketishi mumkin. Mumkin deyilganini sababi, har doim umid bor yaxshilashga degani, faqat bu ham shu insonlarning qo’llarida. O’zini o’zi o’ldirish shartmi? Butun umrini nimadandir quruq qolganday o’tkazish shartmi? Azob chekishga o’zini majbur qilish shartmi? Bitta narsaga bog’lanib qolishi shartmi? Javobi oddiy, shartmas. Ishonch borasida gapiriladigan bo’lsa, o’sha bittasi uchun berilgan yo atalgan ishonchni, boshqasi uchun ham atash mumkin. Bu yerda ham ishonchni roli bor. Kimdirlar hamma ham bir xilmas, hamma har xil, degan gapni o’rtaga tashlashi mumkin, to’g’ri hamma har xil, hamma bu dunyoda o’zining «original’ ligi bilan bir – biridan ajralib turishadi. Lekin ishonch hammada bir xil, ishonch bilan faqat bu tuyg’uni «nazorat’ qilsamas, boshqa narsalarga ham erishsa bo’ladi. Bu yerda ham, o’sha abstrakt bo’lsa ham, qudratli kuchga ega va qudratli kuchga erishtiradigan «ishonch’ degan narsa kerak.

      Bu yerda hech kim, yaxshi ko’rish, sevish, sevilish mumkin emas demoqchimas, mayli sevilsin, sevsin, baxtli bo’lsin, hohlasa baxtsiz bo’lsin, shunchaki bu ish ham to’g’ri bajarilsin deyilyapti, ahmoqgarchiliklarsiz, jinnichiliklarsiz va shunga o’xshashlarsiz. Bu hech qanaqa aql o’rgatishmas, bu shunchaki maslaxat berish. Sevgini, muhabbatni bu hayotda mavjud deb olinsa ham, u har xil qurbonliklar talab qilmaydi, shunaqa deb yozib ham qo’ygani yo’q, balki talab qilar, faqat shu har xil aqlsiz, ahmoqona qaror va jinniomus qadamlarsiz. Buni tushunish uchun, odamzodga yillar, asrlar kerakmas, daqiqani o’zi yetadi.

      Shu faqat vaqt degan narsa to’xtab turmidi, u hech qachon batareykasini kuchi qochmaydigan soatdir. Vaqtni bitta ayanchli, yomon qoidasi bor, bitta o’tib ketgan lahza boshqa qaytib kelmaydi. Shunisi bilan u o’zining vaqt obro’sini saqlab kelgan, saqlayapti va saqlaydi ham. U insonlarni ko’p narsaga o’rgatishi mumkin, agar insonlar shuni hohlasa, insonlarga buning uchun shunchaki «hafsala’ degan tushuncha kerak bo’ladi. Vaqt insonlarga imkon beradi, qaysi yo’lni, qachon va qanday qilib tanlash uchun. Buyog’i insonlarning ixtiyorida yoki ulardan talab qilinadi qolgani. Yana savol berilishi mumkin, nega insonlarning hammasi mukammallashib ketmagan? Uning ishi ham shuki «balans’, «muvozanat’ni ushlab turish. U hammaga bir xil vaqt bermagani bilan, hammaga bir xil imkon beradi. Shunchaki insonlar buni tushunib yetguncha, vaqt ularga boshqacha qilib aytganda «imtiyoz’ berishi kerak, ya’ni yana imkon, buni esa iloji yo’q, u tomondan albatta. Lekin insonlar harakat qilsa, o’sha narsani undan tortib olsa bo’ladi. Qanday qilib? Shunchaki, vaqtning insonni o’zidan oshib ketmasligiga urg’u berishi kerak. Bu ham qanday qilib? Shunchaki, harakatdan to’xtamaslik kerak. Vaqtni insonlardan kutadigan narsasi, aynan mana shu narsa hisoblanib kelgan, kelyapti, ketadi. Vaqt harakatsizlikdan foydalanishni biladi va shuni qiladi ham, u shu bilan oziqlanadi, u insonlarga imkon yarata turib, o’zi uchun ham shu vaqtni o’zida, o’ziga imkon yaratadi. Vaqtni ayyorona strategiyalari ko’p. Boshqacha qilib aytganda, u ruschada «непредсказуемая», kutilmagan yoki oldin aytib bo’lmaydigan, desa ham bo’ladi. Hohlagan vaqtida bu ishni qilomasa ham, kutilmagan vaqtda qiladi. Bekorga «hamma narsaning o’z vaqti bor’ deyishmaydiyu. Chekininsh yo hujum qilishi noaniq vaqtda bo’ladi. Insonlarning unga qarshi tomoni, uning o’zlari hisoblanadi. Bir vaqtni o’zida ham kuchsiz, ham kuchli tomonidir. G’alati eshitilishi mumkin, lekin, aql qurol bo’lsa, yurak qalqondir.

      Inson vaqtni o’z foydasi tomonga bo’ysundirishni, ishlatishni bilishi kerak, buni albatta iloji bor, savoldan oldin javobi. Agar inson qachonki, savollar bilan hayot tomon qadam tashlayversa, oddiy savollarmas, nega bunaqa? Sabab nima? Qachon o’zgaradi va hokozolar, hayot undan battar uzoqlashadi. Hayot vaqtdanda battar ayyor yoki yana battar «непредсказуемая» desa bo’ladi. Yana adolatsiz, yomon, ayanchli va hatto dushman ham bo’lishi mumkin, xuddi shu hislatga ega bo’lishi, albatta insonning o’ziga bog’liq. Balki ba’zi narsalar oldindan yozib qo’yilgandir, lekin ba’zi narsalar insonlarning o’ziga bog’liq yoki ulardan talab qilinadi. Insonlar ba’zida o’zlariga berilgan mukofotni sezmay qolishadi. Bu to’g’irlanishi kerak bo’lgan kamchilklardan biri hisoblanadi. Va, hayot buni yaxshi biladi. Hayot paytida, shunchaki paytidamas, insonlarning ko’ziga hech nima ko’rinmaydigan paytida, ya’ni g’am, tashvish, jahl va hokozo, har xil kichkina belgi beradi ya’ni, o’zini qanaqa go’zalligini, yagona ekanligini, chekinmaslik kerakligini bildiradigan belgilarga o’xshash. Hayot buni ko’ra olishgani uchun mukofotlamaydi, aksincha inson o’sha onni sezganini o’zidayoq mukofotlangan bo’ladi. Qanday qilib va kim tomondan? Degan savolmi, balki undan ham katta «obro’ yoki «status’ Ega bo’lgandandir.

      Nima bo’lgan taqdirdayam, inson yashayaptimi, nafas olyaptimi, demak hamma narsaga imkon bor, albatta shu o’rinda eslatish kerak, o’sha imkonlarni hohlasa bittada, hohlasa asta yo’q qilishga ham, imkon bor. Bitta sirni ochish kerakki, insonlarning hayotida, ularga yordam berib yuradigan farishta shartmas, ularning o’zi shu farishtaga o’xshashlari mumkin. Nima sababdan, bir narsaga erishib turgan bo’lib, shu narsani inkor qilish kerak? G’alati eshitilayotgan bo’lishi mumkin, lekin insonlarning tabiati shu, ba’zida albatta. Insonlar shunchaki atrofidagi hamma sodir bo’layotgan narsalarni shunchakimas, yaxshilab fikrlab ko’rib, real dunyoga real ko’zlar bilan qarashsa, shuni o’zi yetadi. Bu hayotda yashash qisman omadga ham bog’liq, hatto yaxshi yashash ham. Misol tariqasida, kimdir yaxshi oilada, kimdir boy oilada va hokozolarda dunyoga kelishadi. Agar yaxshilab o’ylab ko’rilsa, juda yaxshi pul topadigan boy ham, ko’chada daydib yurgan inson o’rnida ham bo’lish mumkinku. Ba’zilar aytishi mumkin, «faqat kuchlilar yashay oladi’ deb, biroq shu kuchlilik ham omadga bog’liqku. Ko’chada bitta joyda o’tirib, pista – bodom sotadigan ayolda kamchilik bormi yoki bozorda meva sotib o’tirgan kichkina qizda kamchilik bormi yoki yer osti yo’lida qanaqadir sabab orqali bechora sal boshqacharo tug’ilib, onasiga yoki kimgadir pul topish uchun xo’rrak bo’lib o’tirgan chaqaloqni kamchiliki bormi? Bu yerda kimdirni tahqirlash yoki yerga uruishmas bu, insonlar real dunyoga real ko’z bilan qarashlari kerak, degan narsa mana shu bo’ladi. To’g’ri hamma narsa insonni qo’lida, deb uqtirilayotgan edi, lekin bu umuman tug’ilishdan oldingi omad hisoblanadi, birovlarni aybi deb yemagan somsasiga pul to’lash deyiladi, albatta ba’zi hollarda. Va aytilganidek, o’sha omad bir tomondan insonni o’ziga ham bog’liq.

      Odamlar o’zlarining odam, degan nomlari bilan odamdirlar. Bunday nomga esa odamiylik, degan tushuncha bilan egadirlar. Ularga berilgan vazifa, shu unvonni yoq’otmaslik. To’g’ri balki, hayot 50/50 dir yoki bir tarozidir, qaysiki, agar umumiy oladigan bo’lsak, yaxshi va yomon pallalarga ega. U har doim shunaqa bo’lib kelgandir, shunaqa bo’lib kelayotgandir va shunaqa bo’lar, ammo bitta muhim narsa bor, shu pallani o’zgarishiga beriladigan kuch insonlarni o’zlari. Ularga bog’liq, qaysi biri baland, qaysi bir past bo’lishi. Bu hayotni yana bitta qoidalaridan biri, yaratuvchi, bunyodkor bo’lish kerak, boshqalar uchun bo’lmasa ham, hatto «egoizm”lik tarapdan olinadigan bo’linsa ham, hech bo’lmaganda o’zi uchun ham bunyodkor, yaratuvchi bo’lishi kerak, yashash uchun, tiriklikni saqlash uchun. Vayronkor bo’lganni, hayot ham vayron qiladi. Uni o’sha vayronkor va buzg’inchiligidan foydalanib, bu bilan uni o’zini yo’qotadi. Bu ataylabdan emas, ma’lum bir «algoritm”ga asoslanib qilinadi. Shunaqa sisitema kiritib qo’yilgan, desa ham bo’ladi. Bu ham inson anglashi kerak bo’lgan haqiqatlardan biri