Sardor Kurbanov

Hadi. O’zbek tilida


Скачать книгу

oqibat ham o’zlari, ham boshqalar achinadigan, lekin to’g’irlab bo’lmidigan xatolarga yo’l qo’yishadi.

      Tan olish kerak, insonlar g’alati tabiat egasi hisoblanadi, ba’zida o’zlari ham bilishmaydi, nima qilayotganini, nima qilish kerakligini va shularga o’xshash barcha narsalarni. Bu haqida gap ketayotganini sababi, bu gaplaram bitta nuqtaga olib borib taqaladi, ya’ni o’sha birlashishga. Chunki kimdir buyoda yo’lni bilmasa, boshqa kimdir o’sha yo’lni ko’rsatadi. Yozilganidek, bu inson zotining tabiati. Ba’zi bir odamlar bor bo’lishi mumkin, katta ishlarga qodir, lekin odamlar birlashsa, ular hammasi buyuk ishlarga qodir bo’lishi mumkin, «mumkin» deyilganini sababi, agar ular harakatga kesalar, bu aniq bo’lib qoladi. Agar inson o’z umri davomida to’g’ri yo’lni tanlasa, buyog’i ham «avtomatik» tarzda, ya’ni o’z-o’zidan to’g’ri yo’l bo’lib ketishi mumkin, teskarisi albatta teskarisi bo’lib ketishi mumkin. Va bu boshqalarga ham ta’sir qilib, shu tarzda davom etishi mumkin. Balki, to’g’ri, hayot bir tarozi pallasidir, bir gal bir tarafi, bir gal boshqa tarafi, tepaga – pastga tushib – chiqib turadigan. Agar insonlar sal bo’sayam, ancha ishga qodir miyalarini ishga solib, yaxshilab mulohaza qilib, bosh qotirib, nima qilsa foyda yoki zarar, nimaning asosida yashashyapti, nima o’tkinchiyu, nima o’tkinchimasni o’ylab ko’rganlarida, hayotlari sal yengillashgan bo’lardi.

      Keyin yana ba’zi insonlar, chetdan turib kimnidir kuchli, kimnidir kuchsiz, deb baho berishadi, nafaqat boshqalarga, o’zlariga ham xuddi shu «diagnostika» qilishadi. Bu albatta savolmasu, lekin buni javobi bor, ya’ni boshqa ba’zi odamlar ishonch, degan tushuncha bilan yashashadi. To’g’ri shunchaki oddiy ishonch bilan emas, sal boshqacharoq, ya’ni erta yaxshi bo’ladi, degan ishonch bilan, shu zahotdan hammasi yaxshi bo’lib ketadi, degan ishonch bilan, jamiki «negativ» narsalar o’tkinchi, «pozitivlar» esa o’tkinchimas, degan ishonch bilan, nimaiki bo’lmasin, bitta kulgi bilan hamma narsani yengib o’tsa bo’ladi, degan ishonch bilan, bizga kerak bo’lgan narsalar uchun va biz bormoqchi bo’lgan joylarga faqat shular orqali o’tsak, oddiy shunchaki o’tish bilan emas, ishonch bilan o’tsak yetishamiz, degan ishonch bilan yashashadi. Bu yo’lni bilish uchun, shunchaki shu yo’ldan ketish lozim, hech qanaqa shubhasiz, hech qanaqa to’xtalishlarsiz va shundagina bilish mumkin yoki javobni olish mumkin. Balki bu yo’l sal pal qo’rqinchli tuyular, balki haqqattanam shunaqadir, lekin, biroq, insonlarda shuning uchun ham ishonch, degan tushuncha va oddiy tushunchamas, juda katta ma’noga ega tushuncha bor. Bu tushunchani boshqacha ataladigan qarindoshlari ham bor, misol: chidam, sabr, hohish va yana juda ko’p so’zlarni misol qilsa bo’ladi.

      Bir g’alati gap eshitilishi mumkin, «hamma narsa, hamma narsa bilan bog’liq». Bu ham o’z – o’zidan ma’lum bo’ladi, o’zligini bilib olish bilan bog’liq, oldinroq yozilganidek, boshqacha o’zligini bilib olishmas, shunchaki nima hohlashini bilib olishdir. Dunyoda nimaiki bo’lmasin, hamma narsa bir – biri bilan bog’liq, aloqador. Yana misol tariqasida, domino peshkalariga o’xshaydi. Ularni turg’izib qo’yib, ma’lum bir yo’nalishga qo’yilsa, undan so’ng bittasiga tegib yuborilsa, qoganlari ham qulashda davom etadi. Buni tasavvur qilish qiyinmas. To’g’ri bu yerda, ba’zilarda savol bo’lishi mumkin, oddiy savolmas, o’rinli savol. Uni chertib yuborishdan oldin, ular o’sha yo’nalish bo’yicha taxlanishi kerak, xo’sh bu qanday bo’ladi? Javobi oddiy, tug’ilish, ya’ni insonlarning tug’ilishini o’zi, bu misoli, shu domino peshkalarini taxlanishi. Insonlardan esa, shunchaki chertib yuborish talab qilinadi va bu ham ularning o’zlarini qo’lida. Hamma narsa insonlarni o’zidan talab qilinganidan so’ng, hamma narsa insonlarning o’zlarini qo’lida bo’ladi, boshqani emas, aynan har bir individual insonning qo’lida.

      Insonlarga bu hayotda ko’p narsa kerak bo’lishi mumkin, lekin, asosiylaridan biri, bu «yaxshi hayotli yaxshi kelajakdir», «yaxshi kelajakli yaxshi hayot» ham baribir shu ma’no bo’lib chiqadi. Bu gapni shunchaki o’zi, insonlarga eshitilishi bilan yoqadi, biroq «real versiyasini”ku gapirmasa ham bo’ladi. To’g’ri bitta ikkita boshqacha dunyoqarashlilar ham uchrab qolishi mumkin, bu narsani balki yoqtirmidigan, balki qiziqish bildirmidigan, lekin bu muhimmas, chunki muhimi o’sha yaxshi hayot, boshqalarga nasib qilishi mumkinligi, agar o’sha boshqalar shuni hohlasa. Hayotni o’zgartirish insonlarning o’zlarini qo’llarida, hatto atrofidagi boshqalarni ham o’zgartirish o’zlarining qo’lida yoki ularga bog’liq. Biroq insonlar o’zgarsa, hayot o’zgaradi, hayot o’zgarsa, insonlar o’zgaradi, har qanaqasiga baribir insonlar yutadi va bu yutiq eng yaxshi yutuqlardan biri hisoblanadi. Shuniyam aytish kerakki, qaysi birini qilish kerak, deb o’ylab o’tirish shartmas, shunchaki bu yerda harakat kutiladi, shunchaki oddiymas, shunchaki yurakdan chiqib yurakka boradigan harakat. Buning uchun inson oldin o’zi o’zgarishi, nimani boshqalarga his qildirmoqchi bo’lsa, oldin o’zi ham shularni his qilgan bo’lishi, bu orqali o’zi nimaga erishdi va boshqalarni nimaga erishtirmoqchi, o’zining bu hayotda yaxshi nafas olib chiqarayotganidan so’ng, boshqalarga ham shu nafasni berishga harakat qilmoqchi bo’lganidan keyin va shunga o’xshash narsalar sababli, o’zgartirishga duch kelishi kerak.

      To’g’ri inson hayotga bir marta keladi va bu hayotda, ortiqcha so’zlarsiz aytganda, yashab qolish kerak, oddiymas, yaxshi va juda yaxshi yashash kerak. Savol paydo bo’ladi, yaxshi yashash uchun nima qilish kerak yoki qanday yashasa bo’ladi? Kimdir ko’nglidagi, o’zi hohlagan ishni qilishi kerak desa, kimdir pul kerak degan «konsepsiya”larga ishonishadi, albatta bu hammasimas, hamma o‘ziga yoqqan, ma’qul bo’lgan gapni aytadi. Lekin eng avvalo, yashashni yaxshi yoki yomoni bo’lmaydi, chunki inson nafas olayotganligining o’zi bir baxt. …………………………………………………………………………………………………

      Agar bu nuqtalar nimaga bu yerda turibdi deb, savol berilsa, bu misol. Odam hayotida nafas olganda har holda uning hayoti shunaqa nuqtalardan tashkil topadi, agar nafas olish bo’lmasa, demak shu nuqtalar ham bo’lmaydi. Yashash uchun yaxshi yashash shartmas, shunchaki nafas olayotganligini bilib shukronalikda umr kechirishni o’zi yaxshi yashash «versiya”larining bosqichlaridan biri. Yashashni bir an’ana deb olinsa, boshqa insondan topshirilgan an’anani, o’sha boshqa inson davom ettirish baxtiga erishadi. Albatta vaqti – soati kelganda ular ham, buni boshqalarga topshiradi. Insonlarga berilgan topshiriq bu yerda shuki, o’sha an’ana boshidan qanaqa boshlangan bo’lsa, shunaqa tugatish kerak. Albatta bu yaxshi boshlangan, buni hamma biladi, xullas, yomon o’zgartirishlarsiz, yaxshi, boshqalarni ham shu davomda davom ettirishga undash kerakdir. To’g’ri har bir hayotni o’z egasi bor, lekin qaysi insonga yoqmas ekan, to’g’ri, yaxshi hayot.? Va yana albatta, kamdan ko’ra, ko’p insonlarga bu yoqadi, buni matematik hisoblab chiqish shartmas, shunchaki o’ylash kerak yoki fikrlash. Agar bu javob bo’lolmasa va yana, yaxshi yashash uchun nima qilish kerak? deb, savol berilsa, yana javob bor, oddiy javob, shunchaki to’g’ri yashash kerak. To’g’ri yashalgan hayot bu soxtalikmas, xulosa o’z – o’zidan ma’lum. Hatto, pul yordamida, o’zi hohlaganday yashashni hohlaydiganlar uchun va boshqa har xil «konsepsiya”larga egalar uchun ham, soxtalik soxta, kerakmas narsa hisoblanadi va yoqmaydi. Bularda ham ajratilgan holatlar ajratilib turadi.

      O’sha aytilganidek, yashashni o’zi bir baxt, shu yashab turgan bir paytda har xil «negativ’ narsalarga berilish bu, hayotdagi jamiki o’zgarishlarni, go’zalliklarni ko’rishga halaqit beradi. Hatto shu hayotda bo’lib turadigan tashvishlarni ham ko’rish hayotning bir go’zalligi deb bo’midiyu, lekin shularsiz go’zalliklarniyam ko’rib bo’midi, bu haqiqat. Sovuqdan tashqari issiqlik borligini va issiqlikdan tashqari, sovuq borligini bilish uchun ikkalasini ham qanaqaligini ko’rish kerak. Tan olish kerak, hayotda yomon kunlar ham bo’ladi, hayot shunisi bilan hayot, Hudo bu narsalarni sevgan bandasiga beradimi, sevgan bandasini har xil narsalardan ehtiyot qiladimi, bu narsa baribir berilgan, albatta shu bilan birga, baxt ham berilgan va bu chegarasiz holda. Qorong’ilikdan ko’ra yorug’lik ko’p va buni hamma biladi, bilib turib, azgina o’tkinchi tashvishga berilib, baxt degan tushunchani unutib qo’yishadi. Buni eslashadi, qachonki, shu tushuncha ularda mehmon bo’lsa, undan keyin yana «negativ’ mehmon bo’lsa, shu oqim tomon ketishadi. Oqim qaysi tarafga oqizsa shu tarafga qarab olg’a, o’zlari fikrlab boshqa tomonni o’ylab ko’rishmaydiyam,