zanjiridan iboratdir. Demak, u bizning kasbiy qiziqish markazimizda turadi, ammo ajablanarlisi shuki, bunday filmlar tomoshabinni juda qiziqtiradi. Uning dramasini biz osongina tushunamiz, ular biz uchun hayotning oddiy qadriyatlarini qayta jonlantiradi. Ba’zi narsalar borki, ularga biz tekindan-tekin erishganmiz, «anderdog» esa hayotning bunday muhim qismiga aql bovar qilmas qiyinchiliklar evaziga erishadi. Bunday filmlar, odatda, kishilar ilojsiz holatlar bilan qanday kurashishlari va g‘alaba qilishlari haqida sо‘zlaydilar. Jahon kenematografiyasining eng yaxshi rejissorlari shu kategoriyadagi filmlari bilan muvaffaqiyatga erishganlar. Bunga ular nafaqat chuqur axloqiy muammolarni kо‘targanlari, balki ular g‘ayrioddiy va tomoshabop, о‘tkir material taklif etganligi uchun ham erishganlar. Bu filmlarda personajlar bizning darajamizga juda katta kuch-g‘ayrat evaziga kо‘tariladi. Tomoshabin hech qachon omadsiz kishini qо‘llab-quvvatlamaydi. Ammo u hamisha: hayot u uchun kurashishga arziydi, deyuvchi filmlarga javob qaytaradi.
Men ba’zi filmlarni eslatib о‘taman. «Mening chap oyog‘im» – ingliz rejissori Stiven Friers, Deniel Dey Lyuis bosh rolda. Bu bolaligidan deyarli harakatsiz, faqat chap oyog‘ining kaftigina harakat qila oladigan real odam haqidagi hikoyadir. Bu odam butun umr tо‘laqonli insoniy hayot kechirish uchun kurashib keladi. Chap oyog‘i bilan u nafaqat yozadi, balki tasvir ham chizadi.
Oliver Stounning Tom Kruz bosh rolni – vetnam urishining nogiron veteranini – о‘ynagan «4 iyulda tug‘ilganlar» filmi. Oyog‘i majruh yigitcha yaralanish tufayli jahannam azoblariga giriftor bо‘ladi, gо‘yo endi hech qachon odatiy hayotga qaytmaydigandek. Ammo hayot uchun intilish g‘alaba qiladi. U о‘z kurashlari haqida kitob yozadi va senatda veteranlar huquqlarini himoya qiluvchi siyosiy arbob bо‘lib yetishadi.
Djonatan Demmening bosh rolni Tom Xenks о‘ynagan «Filadelfiya» filmi. OITS (SPID) bilan kasallangan yosh advokat uni noqonuniy ishdan bо‘shatgan kompaniya bilan о‘z grajdanlik huquqlari uchun kurash olib boradi. Sog‘lom kishi uchun odatiy hol. Ammo о‘limga mahkum kishi о‘z huquqlarini hurmat qilishga majbur qilsa – tahsinimizga sazovor bо‘ladi.
О‘ttiz yillik tanaffus bilan ikki marta tasvirga olingan «Ayol hidi» filmi. Avval Italiyada olingan, unda bosh rolni Vittorio Gasman, keyin Amerikada Goldmanning ajoyib ssenariysi asosida olingan, bosh rolni Al Pachino о‘ynagan. Kо‘zi ojiz polkovnik о‘zini о‘ldirmoqchi bо‘ladi. Uning hayoti mazmunsiz. Ammo, u о‘zining yosh yetaklovchisiga yordam berishi mumkinligi ma’lum bо‘ladi. U kollejda yetakchisining huquqini о‘rtoqlik sudida himoya qilayotganida polkovnik hali yо‘qotmagan axloqiy qadriyatlar bugun yoshlar uchun kerak ekanligi ma’lum bо‘ladi. Uning g‘alabasini minglab yoshlar chapak chalib qarshi oladi. Durdona asarlarga xos lо‘nda aniqlik bilan ifodalangan ajoyib film.
Bu filmlar qahramonga aylanish jarayonini kо‘rsatadi. Dastlab qahramon xuddi qо‘llari bog‘lab qо‘yilganday harakat qiladi va film qahramoni qanday qilib kurash uchun kuch topishi haqida hikoya qiladi. Qahramon nimaga erishishidan qat’i nazar, bu narsa barchani hayajonga soladi. Film: «Hayot – bu axlat uyumi emas. Uning uchun kurashish kerak. Bu kurashdagi haqiqiy g‘alaba – boylik va muvaffaqiyat emas, balki о‘z-о‘zini hurmat qilish va hayotda boshqalar bilan bir qatorda tо‘laqonli ishtirok etishdir», – deydi.
Men bu filmlarni kо‘rganimda kino insoniylikning chin axloqiy qadriyatlarini qanchalik ishonchli tasdiqlay olishidan qalbim iftixor tuyg‘usiga tо‘ladi.
«Anderdog» toifasidagi filmlar insoniy birodarlik «Hayot shunday bо‘ladi» deb atalgan kodlangan nom ostidagi umidsiz kurashda g‘alaba qilish uchun kurashadigan dramatik holatlarni kо‘rsatadi. Nima bо‘lganda ham bundan boshqasi bо‘lmaydi. Mana shuning uchun kurashish kerak.
3. «Boy berilgan qalblar»
Bular о‘zimizga о‘xshagan, ammo axloqiy mо‘ljallarini yо‘qotgan, qonun va axloq mezonlarini buzgan kishilardir. Ular bizga о‘xshab boshlagan, ammo notо‘g‘ri yо‘l tanlagan. Bu filmlar tamoyildagiday yashashi mumkin bо‘lgan, ammo jinoyatchi, qotil, iblis malaylari bо‘lib qolgan kishilar haqidadir. Bu yо‘qotilgan shaxslar haqidagi hikoyadir. Bular juda ham turli-tuman filmlar: «Boni va Klayd», «Grajdanin Keyn». Bu toifa filmlar ichidagi eng yorqini, balki «Chо‘qintirgan ota»dir. Haqiqatgо‘y yigit Maykl Korleonening berahim qotil va Nyu-York mafiyasining chо‘qintirgan otasiga aylanish tarixi hammaga ma’lum va bu misolni о‘nlab muvaffaqiyat qozongan filmlar bilan mustahkamlashga hojat yо‘q. Bu filmlar juda katta foyda keltiradi, ularning soni juda kо‘p. Biz hammamiz ularni yaxshi bilamiz. «Qotillar oramizda» – mana ularning kodlangan nomi.
Dramatik holatlarda bu toifadagi kishilarni shu narsa yaqqol ajratib turadiki, «tanishlarimiz» uchun о‘tib bо‘lmas tо‘siq «boy berilgan qalblar» uchun ochiq eshikday gap. Qotillik ular uchun muammoni yechish usulidir. Eng fojeali jihati shundaki, har bir qotillikda ikki bor qotillik sodir bо‘ladi – qahramon о‘zining insoniylik imkoniyatlarini ham о‘ldiradi. Balki har bir kishi о‘zining bolalikdagi tasviriga qarab: «Nahotki men shu bо‘lsam, Yo, Xudo, hayot meni nimalarga aylantirib qо‘ydi!»– deydi. «Boy berilgan qalblar» – bunday о‘zgrishlarning istiorasidir.
4. «Sanamlar»
Bu kategoriyaning personajlari – ssenariynavis va rejissor tasavvuri uchun yaxshigina sinovdir. Ular ilojsiz holatlarning ochopatlardir. Ular bu holatlarni yong‘oqday chaqib tashlaydilar.
«Tanishlarimiz» toifasidagi filmga Indiana Djons yoki Terminatorning sarguzashtlaridan 10 soniyasi yetarli bо‘lardi. Garrison Ford, Shvartsenegger, Klod Van Damm, Sigal va boshqalar ijrosidagi bu supermenlar davrasi mutlaq о‘zgarishsiz filmdan filmga kо‘chib yurishadi. Dastlabki uch toifa personajlari dramatik holatni, undan о‘tganlarida ular о‘zgaradigan bir chegara sifatida qabul qilishadilar. Biz ular yaxshi tomonga о‘zgarishlarini istaymiz, ular yomon tomonga о‘zgarganlarida ular uchun qayg‘uramiz. «Tanishlarimiz» «boy berilgan qalblar»ga aylanadilar va biz ulardan uzoqlashamiz. «Anderdog» «tanishlarimiz»ga aylanadi – va biz ularning dardiga sherik bо‘lamiz. Bu normal о‘zgarishlardir. Ammo «sanam» о‘zgara olmaydi. Nega? Chunki biz shunday bо‘lishini xohlaymiz. «Sanam» bizning hal qilib bо‘lmaydigan muammolardan qochib qolish xohishimizni ifodalaydi, u bizni yosh boladay ovutadi. U oddiy odam niqobida paydo bо‘lishi mumkin – masalan, Indiana Djons universitet professori qiyofasida paydo bо‘ladi. Ammo professor sifatida u baraban chalayotan quyondan kо‘ra murakkab bо‘lmagan hiylalarni bajaradi. Uch daqiqadan keyin u о‘zining professor ekanligini unutadi va bizni sehrgar – supermen sifatida sehrlab qо‘yadi. Betmen va supermen ma’lum vaqt oddiy odamlar niqobida bо‘ladilar, ammo ularning haqiqiy mohiyati – har narsaga qodir bо‘lgan «sanamlar» ekanligidir.
«Sanamlar» oddiy odamlar qiyofasida chiqishadi, lekin ularning haqiqiy mohiyati – har narsaga qodirligidir.
«Sanam» – bizning hal qilib bо‘lmaydigan muammolarimizni osonlik bilan hal etuvchi personajdir. U kо‘ngilxushlik sanoatining erkatoyidir. Biz о‘yin-kulgiga juda zarurat sezamiz, ular – bizning ruhiy salomatligimizni saqlashning muhim qismidir. «Sanamlar» bizga bolalikdagi bayramimizni qaytarishadi. Chiroq о‘chib, ekranda kuchsizni qutqaruvchi, ablahni jazolovchi, tengsiz jangda g‘alaba qozanuvchi personaj paydo bо‘lganida, biz barchamiz bolaga aylanib qolamiz.
Drama uning maydoniga tushgan barcha narsalarni о‘ta yuqori kayfiyat holatiga tushirishga intiladi. Baxtiyorlik jannat singari bо‘lishiga, baxtsizlik esa jahannam darajasiga tushishiga intiladi. Qahramon farishta qiyofasida idealga intiladi, nobakor – iblisga. Hayotga о‘lim tahdid soladi, sevgiga – bevafolik.
Bularning barchasini «sanam» juda qisqa vaqtda eng yuqori samara bilan hal etadi.
«Sanamlar»ning motivatsiyasi boshqa oddiy odamlarning motivatsiyasidan farq qiladi. Masalan, real hayotda faqat tutqanoqlargina qasos olish g‘oyasiga intilishadi. Odatdagi kishi hozir va kelajak g‘amida bо‘ladi. Buning qiziq bir tasdig‘i bor. 30- yillarda mafiya bilan tolmas kurashchi bо‘lmish Chikago politsiyasining boshlig‘i kо‘pgina xavfli jinoyatchilarni panjara ortiga yuboradi. Ularning deyarli barchasi ozodlik bilan xayrlashar ekan,