Я. Давлатов

Заҳарли газандалар


Скачать книгу

yaproqlarida izg‘ib yurgan jajji hasharotlar – shiralar o‘simlik bargini teshib uning sharbatini so‘rib oladi. Ana shu yerda chavandozlarning urg‘ochisi ham paydo bo‘ladi, shirani tutib olgan chavandoz uni qorin tomonini paypaslab qulay nuqtani topganda tuxum qo‘yadi. Tuxumdan lichinka paydo bo‘lganga qadar shirani hisobiga oziqlanib voyaga yetadi.

      Karam zararkunandasi kapalak tuxumdan chiqishi bilan oziqlana boshlaydi, me’yorida rivojlangach, chavandoz kelib uning ustiga chiqib oladi-da, tuxum qo‘yadigan a’zosi bilan g‘umbak tanini parmalaydi, hosil bo‘lgan teshikchalarning har biriga bittadan tuxum qo‘yadi. Har bir g‘umbakka 20–30 dona tuxum joylashadi, keyin ikkinchi, uchinchi g‘umbakni izlaydi. Bechora g‘umbaklarni taqdiri nima bo‘lganini tasavvur etish qiyin emas – g‘umbakning ilma-teshikdan iborat terisi qoladi xolos.

      Asalarilar (Apis mellifera). Xasharotlarning xulq-atvori, ya’ni jamoa bo‘lib yashashi munosabati bilan organizmdan yuqori daraja degan tushuncha diqqatga sazovordir. Masalan, asalari oilasi barcha individlar jamoasi emas, balki bitta organizmdir, unda barcha individlar organizm a’zolari vazifasini bajaradi. Mazkur nazariyani yuzaga kelishida dastlabki kuzatishlar o‘ta qiziq. Gap jamoadan ajratib olingan ayrim hasharotlar ustida boradi. Ularga o‘ta yaxshi sharoit yaratib berilsa-da, ular tez orada halok bo‘ladi. Bunday qonuniyat chumoli, termit va ba’zi baliqlarga ham taalluqli ekan. Keyinchalik mazkur nazariya umum biologik qonuniyat ekanligi ayon bo‘lib qoldi.

      Asalari organizmini tekshirganda shu narsa aniq bo‘ldiki, yosh asalari tanida qancha B darmondori bo‘lsa, katta arida ham uning miqdori shuncha ekan. Buning sababi arilarning ozuqa almashinishi bilan bog‘liq ekan. Alohida ajratib boqilgan arilar bunday ozuqa ayirboshlash imkoniyatidan mahrumdirlar. Radioaktiv fosfor bilan olib borilgan tajribalar natijasi ham ana shunday xulosaga olib keldi.

      Shuningdek, arilarning barcha instinktlari faqatgina jamoada namoyon bo‘ladi. Masalan, himoya instinkti arilarning soni o‘ntadan kam bo‘lmagandagina amalga oshadi. Ari tuxumining so‘ngi stadiyasi rivojlanishi uchun guruh tarkibidagi arilar soni 20 va undan ziyod bo‘lmog‘i kerak, uyada tegishli haroratni yaratish uchun esa arilar soni 30 tadan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda uyani isitish refleksi namoyon bo‘lmaydi.

      Asalari odamni chaqqanidan keyin uning o‘zi ko‘pincha halok bo‘ladi, sababi shundaki, odamning terisi yumshoq va cho‘ziluvchan bo‘lgani bois asalari nashtarini qisib oladi va ari ko‘pincha nashtarini sug‘irib ololmaydi, buning ustiga nashtarning ikki yon tomonida orqaga qayrilgan arra tishlari bor, bu esa nashtarni sug‘irib olishni yanada qiyinlashtiradi. Demak, odam terisida nashtar bilan birga uning zaharli bezi va qisman ichaklari ham qolib ketadi, natijada asalari halok bo‘ladi.

      Umuman asalarining umri qisqa bo‘lib, ikki oydan oshmaydi, faqat ona ari bir necha yil yashaydi. Asalari o‘sib ulg‘aygan sari uning bajaradigan yumushi ham o‘zgarib boradi. Masalan, endigina dunyoga kelgan ari bolasi inining kataklarini tozalaydi. To‘rt kunlik bo‘lgach, uyadagi lichinkalarga qaraydi, 8 kundan so‘ng enagalik qiladi.

      Asal nektardan tayyorlanadi, arilar gullarning nektarini yig‘ib uyadagi mumkataklarni to‘ldiradi, so‘ngra uni qanotlari bilan yelpib nektar tarkibidagi namni qochiradi. Nektarga dastlab arining asal qorinchasida ishlov beriladi, lekin nima bilan ta’sir ko‘rsatilishi hozircha aniq emas. Ari qorinchasidan bir tomchi nektarni xartumchasi yordamida chiqazadi va yana yutadi, keyin yana chiqazadi, bunday jarayon 240 martagacha takrorlanadi, shundan keyingina nimfabrikat shirin mum kataklarga joylanadi. Ish bu bilan tugamaydi. Nektarni asalga aylantirish jarayonini boshqa asalarilar davom etdiradi. Ular chala asal va chala nektarni mum katakning bir ko‘zidan ikkinchi ko‘ziga joylaydilar. Arilar nektar nami qochirish uchun tinimsiz mehnat qiladilar, ya’ni qanot qoqib uni yelpiganlarida bir daqiqa ichida 26 ming 400 marta qanot qoqadilar.

      Hisob-kitoblarga ko‘ra 100 gramm asal tayyorlash uchun bir asalari bir million gulning nektarini yig‘ishi kerak. Ana shuncha nektarni uyiga tashish uchun asalari 15 ming marta qatnaydi. Propolis asalari yelimi bo‘lib, asalarilar ana shu elim bilan uyalarining teshik-tirqishlarini berkitadi. Propolisni nimadan va qanday tayyorlanish sirlari haligacha noma’lum. Ma’lum bo‘lishicha, propolis asosan ikkita manbadan: biri o‘simlik changi, ikkinchisi oq va qora qarag‘ay, qayin daraxtining po‘stlog‘i va kurtagidan iborat bo‘lsa kerak.

      Ma’lumki, qovoqari asalari zotiga qiron keltiradi. Qovoqarini yaqinlashib kelayotganini payqab qolgan asalarilar guruhi g‘animiga yopriladi, uni o‘rab oladi, ana shunday jonli zoldir ichida qolgan qovoqari bir necha daqiqadan so‘ng yuqori haroratga bardosh beraolmasdan jon taslim qiladi.

      Asalarining o‘lchami 20 mm, erkagi bilan urg‘ochisining tuzilishi va katta-kichikligida deyarli farqi yo‘q, urg‘ochidagi uzun nishi bir yo‘la tuxum qo‘yish a’zosi hisoblanadi hamda hujum va himoyalanish vazifasini o‘taydi. Bahor, yoz mavsumida 150 000 dona tuxum qo‘yadi. Yosh urg‘ochi asalari urchish uchun inidan uchib ketadi, juftlashish havoda yuz beradi.

      Ishchi arilar erkak va urg‘ochi arilarga qaraganda anchagina kichik bo‘ladi. Ularning bo‘yi 13-15 mm dan oshmaydi. Nishi bor.

      Asalning tarkibida 34,8 foiz glyukoza, 39,6 foiz fruktoza, 4,8 foiz saxaroza, 0,19 foiz dekstrinlar, 0,1 foiz minerallar, 0,45 foiz organik kislotalar, 20 foizcha o‘simlik oqsillari, B-2, B-6, H, C, K hamda foli va pantoten kislotalar mavjud.

      Asalning xushbo‘y hidi efir yog‘lariga, uning rangi esa rangli moddalarga bog‘liq. U bakterisid xususiyatiga egaligi bois malham sifatida qo‘llaniladi.

      Kavkaz orti, kichik Osiyo, Uzoq Sharq va boshqa rayonlardagi asalarilar azalin, rododendron, akonit, bogulnik va boshqa zaharli gullarni changidan mas asal tayyorlaydi. Mazkur asal vaqt o‘tishi bilan o‘zining zaharli xususiyatini yo‘qotadi, bu esa bug‘lanib ketadigan zararli efir moylari bilan bog‘liq deb tushuniladi. Ana shundan kelib chiqib mas asalni tezroq zararsizlantirish maqsadida 67 mm doimiy bosim ostida uni 46 darajagacha qizdiriladi. Aytish kerakki, mas asal odatdagi asaldan hech qanday farq qilmaydi. Odamni ana shu asaldan zaharlanish alomatlari xuddi araqdan qattiq mast bo‘lgan odamga o‘xshaydi, uning nomi ham ana shundan olingan. Shu asaldan yegan odamni boshi og‘riydi, boshi aylanadi, ko‘ngli ayniydi, ichi ketadi va holsizlanadi. Og‘ir hollarda esa hushini yo‘qotishi mumkin. Bir kecha-kundan keyin bemor o‘ziga keladi.

      Asalari zaharining tarkibiga quyidagi fermentlar kiradi: fosfolipaza A-2, gialuronidaza, toksik polipeptidlar – metilin, anamin MCD peptid, tertianin, sekapin; biogen aminlar – serotonin, gistamin, katexolaminlar. Asalarining yoshiga qarab zaharning tarkibi ham o‘zgarib boradi. Masalan, mellitinning eng ko‘paygan davri 10 kunga, gistaminniki esa 35-40 kunga to‘g‘ri keladi. Ishchi asalarilar hayotining dastlabki kunlarida millitin ajratib chiqazish mexanizmi uning biologik maxsuslanishiga – uyasini umurtqasizlardan himoya qilishga qaratilgan, chunki ari chaqqanida uning nishi dushman tanida qolib ketmaydi, binobarin asalari halok bo‘lmaydi. Furajir asalarilar hayotining oxirida umurtqalilarga qarshi ko‘p miqdorda og‘riq chaqiradigan gistamin ishlab chiqaradi.

      Fosfolipaza A-2 129 aminokislota qoldig‘idan iborat, massasi 14629, fermentining zahar tarkibidagi ulushi 12 foiz, fosfolipidlarni parchalab ferment lezolesitin hosil qiladi. Fosfolipaza A-2 neyrotrop ta’sir ko‘rsatadi va nerv uchlaridagi mediatorlarning ajralib chiqishini izdan chiqaradi. Gialuronidaza massasi 35000-53000, kislotali fosfotaza (M-49000) fosfolipaza gialuronidaza bilan asalari zahrining asosiy antigenlari hisoblanadi. Millitin zaharning asosiy komponenti bo‘lib, uning miqdori 50 foizga yetadi. Bu kuchli sitolitik polipeptid bo‘lib 26 aminokislota qoldig‘idan iborat, uning molekula og‘irligi – 2840, strukturasi: H2N-G-I-G-A-V-L-K-V-L-T-T-G-L-P-A-L-I-S-W-IK-R-K-R-Q-Q-CONH2.

      Asalari zahari ishchi ari tanida maxsus bezlarda ishlab chiqariladi va zaharli pufakda to‘planadi. Ari bolasi dunyoga kelgan kunning ertasiga uning bezida 0,04 mg zahar bo‘ladi. Asalari zahari tiniq, rangsiz suyuqlik, taxir tamli, xushbo‘y hidi bor; kislotali xossaga ega, solishtirma og‘irligi 1:1313; suvda, kislotada va spirtda yaxshi eriydi, turib qolgan suvli eritmasi 3-4 soatdan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi. Sterillangan sharoitda kavsharlangan idishlarda qorong‘ida 7 oy davomida asalari zahari o‘z kuchini yo‘qota boradi. Ishqor va kislota ta’siriga chidamli, pepsin va tripsin ta’siriga chidamsiz. Sovuq